News

not found

Hindiston soxta dori vositalari ishlab chiqargan 18 ta farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi

Sifatsiz dori-darmonlarni ishlab chiqarishga qarshi keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida markaziy va davlat nazorat organlari 76 farmatsevtika kompaniyasida birgalikda tekshiruv oʼtkazdi. Ulardan 18 tasida soxta dori vositalari ishlab chiqargani uchun litsenziyalari bekor qildi. Tekshiruvlar soʼnggi 15 kun ichida mamlakat boʼylab oʼtkazilgan. Manbaning maʼlum qilishicha, sifatsiz dori vositalari ishlab chiqarishga qarshi maxsus harakatning birinchi bosqichida 76 korxonaga nisbatan chora koʼrilgan. «Soxta dori vositalari ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish amaliyoti qoidalarini buzganlik uchun 18 ta farmatsevtika kompaniyasining litsenziyalari bekor qilindi. Bundan tashqari, yana 26 tasiga sabablar yuzasidan ogohlantirish berildi», deyiladi manbada. Manbada aynan qaysi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilingani aytilmagan. Taʼkidlashicha, maxsus harakat doirasida regulyatorlar 203 ta firmani aniqlagan. Kompaniyalarning aksariyati Himachal-Pradesh (70), Uttarakxand (45) va Madxya Pradesh (23) shtatlarida faoliyat olib borgan. Soʼnggi paytlarda Hindistonda joylashgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning sifati haqida savollar paydo boʼldi. Fevralь oyida Tamil Naduda joylashgan «Global Pharma Healthcare» kompaniyasi koʼz tomchilari АQShda koʼrish qobiliyatini yoʼqotish bilan bogʼliq salbiy taʼsirlarga sabab boʼlgani maʼlum boʼlgandi. Bungacha Hindistonda ishlab chiqarilgan yoʼtal siroplari oʼtgan yili Gambiya va Oʼzbekistonda bolalar oʼlimiga aloqadorligi aniqlangan edi.

  • 31 March, 09:40
  • Read more
not found

2023 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining milodiy 2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori boʼyicha qarori eʼlon qilindi. Zakot nisobiZakotning tillodan nisobi 85 gramm boʼlib, bugungi kunda 585 probali 1 gramm tilloning oʼrtacha narxi 420 000 (toʼrt yuz yigirma ming) soʼm ekani eʼtiboridan, bu yilgi ZАKOT nisobi 35 700 000 (oʼttiz besh million yetti yuz ming) soʼm deb belgilandi.Shunga koʼra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 35 700 000 (oʼttiz besh million yetti yuz ming) soʼm va undan ortiq pul mablagʼi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega boʼlgan musulmon kishi, jami mablagʼining qirqdan biri (2,5%)ni ajratib, uni zakot niyatida kambagʼal va faqirlarga beradi. Fitr sadaqasi va fidya miqdoriFitr sadaqasining miqdori bugʼdoydan yarim soʼ (≈ 2 kg.), arpadan bir soʼ (≈ 4 kg.), mayizdan yarim soʼ (≈ 2 kg.) va xurmodan bir soʼ (≈ 4 kg.)dir.Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning bozordagi oʼrtacha narxlari 1 kg. bugʼdoy – 6 ming, 1 kg. arpa – 5 ming, 1 kg. mayiz – 50 ming va 1 kg. xurmo – 45 ming soʼm ekanligini inobatga olib, bu yilgi FITR sadaqasi quyidagicha etib belgilandi: bugʼdoydan ≈ 2 kg. 12 000 (oʼn ikki ming) soʼm; arpadan ≈ 4 kg. 20 000 (yigirma ming) soʼm; mayizdan ≈ 2 kg. 100 000 (yuz ming) soʼm; xurmodan ≈ 4 kg. 180 000 (bir yuz sakson ming) soʼm deb belgilandi. FIDYa miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil boʼladi.Shunday ekan, har kim oʼz imkoniyatiga qarab ushbu toʼrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini va fidya miqdorini bersa kifoya qiladi. Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat oʼz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

  • 29 March, 15:11
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech