«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

Asosiy ko’rsatkichlar

 


http://www.doridarmon.uz/uploads/Raskritie%20informacii/2017/2017%20itogi%20uzb.jpg

01.03.2018

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (296 KB, PDF)

 

 

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi  2017 yil  yakunlari bo‘yicha asosiy ko'rsatkichlari.

Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Kompaniya boshqaruv raisi A.Kamilov so‘zga chiqib, 2017 yil yakuni moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari qo‘yidagilardan iborat:

- tovar aylanmasi - biznes reja bo‘yicha (keyingi matnlarda “reja” deb yuritiladi) 305 000,0 mln. so‘m, amalda – 276 876,4 mln. so‘m, rejaga nisbatan bajarilishi 90,8 foiz;

- jami daromadlar - reja bo‘yicha 144 500,0 mln. so‘m, amalda – 90 586,3 mln. so‘m, rejaga nisbatan 62,7 foiz;

- jami xarajatlar - reja bo‘yicha – 115 000,0 mln. so‘m, amalda – 80 160,0 mln. so‘m, rejaga nisbatan 69,7 foiz;

- olingan sof foyda – reja bo‘yicha – 29 500,0 mln. so‘m, amalda – 10 426,3 mln. so‘m, rejaga nisbatan –35,3 foiz.

 

01.03.2018

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (191 KB, PDF)

 

 


http://www.doridarmon.uz/uploads/Raskritie%20informacii/2017/Osnovnie%20pokozateli%203%20kv%202017%20uzb.jpg

01.12.2017

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (115 KB, PDF)

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi  2017 yil 3-chorak  yakunlari bo‘yicha asosiy ko'rsatkichlari.

Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Kompaniya boshqaruv raisi A.Kamilov so‘zga chiqib, 2017 yil 9 oylik moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari qo‘yidagilardan iborat:

- tovar aylanmasi - biznes reja bo‘yicha (keyingi matnlarda “reja” deb yuritiladi) 229 000,0 mln. so‘m, amalda – 237 074,84 mln. so‘m, rejaga nisbatan bajarilishi 103,5 foiz;

- jami daromadlar - reja bo‘yicha 111 275,0 mln. so‘m, amalda – 81 710,98 mln. so‘m, rejaga nisbatan 73,4 foiz;

- jami xarajatlar - reja bo‘yicha – 85 202,5 mln. so‘m, amalda – 66 149,757 mln. so‘m, rejaga nisbatan 77,6 foiz;

- olingan sof foyda – reja bo‘yicha – 26 072,5 mln. so‘m, amalda – 15 561,23 mln. so‘m, rejaga nisbatan –59,7 foiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

28 iyuldagi “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 207-sonli Qaroriga asosan, Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari aniqlanib, 2017 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha mazkur ko‘rsatkichlar Kompaniyada 114,84% ni (qo‘shimcha ko‘rsatkichlar 132,39%) tashkil etganligi ma’lum qilindi.

Boshqaruv raisi o‘z so‘zida davom etib, Kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha ham hisobot berdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi 2017 yil 9 oylik moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha Boshqaruv raisining hisoboti qatnashchilar tomonidan muhokama qilingandan so‘ng, majlis raisi hisobotni tasdiqlash uchun ovoz berishlarini so‘radi.

Muhokamadan so‘ng qo‘yidagi masala ovozga qo‘yildi:

Kompaniyaga belgilangan biznes-rejaning asosiy ko‘rsatkichlari 2017 yil 9 oylik moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha «DORI-DARMON» AK Boshqaruvi faoliyati qoniqarli deb topilsin.

01.12.2017

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (189 KB, PDF)

 

 


http://www.doridarmon.uz/uploads/Raskritie%20informacii/2017/Pokazateli%20kompanii%202kv%202017%20uzb.png

01.08.2017

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (153 KB, PDF)

 

 

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi  2017 yil 2-chorak  yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari

 

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Umumiy tovar aylanmasi 2017 yil 1-yarim yilligida 463,7 mlrd. so‘mdan (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 114,9 foiz) iborat bo‘lib, ulgurji savdo 333,59 mlrd. so‘mni (o‘sish 116,8 foiz), chakana savdo 130,17 mlrd. so‘mni (o‘sish 110,3 foiz) tashkil etdi.

2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Farmatsevtika mahsulotlarining importi 56,5 mln. AQSh dollaridan iborat bo‘ldi (o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 119,7 foiz).

Kompaniya tomonidan 283,2 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport xizmatlari ko‘rsatildi.

Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 41,8 mlrd. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 121,0 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 8,2 mlrd. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 104,0 foiz) dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi.

Aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 126,8 foizga oshdi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 38,7 mlrd.so‘mni, imtiyozli bemorlarga – 3,8 mlrd.so‘mni tashkil qildi;

Kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 8,2 mlrd.so‘mga (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 117,0 foiz) yetkazildi.

Kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan hisobot davrida qator tashkilot va muassasalarga jami homiylik yordamlari ko‘rsatildi.

Jumladan:

- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 martdagi (03-30-13-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan “Navro‘z umumxalq bayrami” arafasida 99,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga 102,4 mln.so‘m, qilichbozlik federatsiyasiga 27,18 mln so‘m, gimnastika federatsiyasiga 15,0 mln.so‘m, futbol federatsiyasiga 21,5 mln.so‘m, shaxmat federatsiyasiga 4,0 mln. so‘m, dzyudo federatsiyasiga 14,67 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondiga 70,2 mln. so‘mlik dori vositalari berildi;

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasiga 37,0 mln. so‘m; sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muassasalarga 32,7 mln.so‘m; “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 25,0 mln.so‘m; futbol maktablariga 32,0 mln.so‘m; nogironlar jamiyatlariga 4,53 mln.so‘m; “Mahalla” jamg‘armasiga 9,04 mln.so‘m, “Nuroniy” jamg‘armasiga 127,0 mln.so‘m, Toshkent shahar hokimiyatiga 9,0 mln.so‘m, jismoniy shaxslarga 40,45 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi.

3. 2017 yil Investitsiya dasturining bajarilishi :

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2016 yildagi PQ-2595- sonli qaroriga binoan Qashqadaryo viloyatida 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida dorivor o‘simlik va giyohlar asosida ekstraktlar va dorivor moylarni ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 1,7 mln. AQSh dollari miqdori miqdoriga teng summa o‘zlashtirildi. Loyiha sentyabr oyida ishga tushiriladi.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.01.2017 yildagi 20–sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida 5,09 mln. AQSh dollari miqdorida yiliga 4 mln. dona quruq kukun shaklidagi antibiotik ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, 960 mln. so‘mga yer maydoni sotib olindi va qurilish ishlariga 250,0 mln. so‘m ishlatildi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 apreldagi 32–sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

- Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 170,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simlik va giyohlar asosida turli hil dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari yakunlandi, asbob-uskunalar o‘rnatildi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;

- Namangan shahrida 500,0 ming AQSh dollarlik dorivor moylarini ishlab chiqarish va qadoqlash bo‘yicha liniya o‘rnatildi, qurilish-montaj ishlari yakunlandi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;

- Buxoro viloyatida 100,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simliklardan kukun shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari tugatildi va asbob-uskunalar Xitoy davlatidan yuborildi. Asbob uskunalar joriy yilning 20-25 iyulida yetib kelishi kutilmoqda.

- 2017 yilning 1-yarim yilligi davomida kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 67 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi PQ-2857- sonli “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida 793 qishloq oilaviy poliklinikalarining hududlarida ijtimoiy dorixona shaxobchalarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda qishloq oilaviy poliklinikalarning 408 tasida dorixona shaxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda, 385 ta qishloq oilaviy poliklinikalaridan ajratilgan xonalarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va tayyor bo‘lgan joylarga farmatsevtika faoliyati ko‘rsatish uchun litsenziya olishga hujjatlar tayyorlanmoqda.

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxlardagi dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS” rusumli avtomobillarda qo‘shimcha ravishda 40 ta ko‘chma dorixona shaxobchalari tashkil qilish maqsadida “Djeneral Motors O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatiga buyurtma berildi va tegishli avtosalonlarga to‘lovlar amalga oshirildi. Joriy yilning 3-choragida ko‘chma dorixonalarning umumiy soni 154 taga yetkaziladi. 

4. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi:

Joriy yilning 1-yarim yilligi davomida kompaniya nomiga jami 608 ta, shu jumladan 331 ta virtual qabulxonadan, 50 ta yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, 107 ta kompaniyaning ishonch telefoniga, 17 ta kompaniyaning sayti orqali va 103 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlardagi masalalar o‘z vaqtida ijobiy xal qilindi. Kompaniyaga murojaat qilayotgan fuqarolarni qabul qilish uchun Markaziy dorixona binosida aloxida xona ajratilgan.

5. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar : 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi “2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektoriga axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-2569-sonli Qaroriga muvofiq“ Dori-darmon”AK ga 4 ta loyihani amalga oshirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, ulardan 3 ta loyiha bo‘yicha barcha ishlar to‘liq yakunlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2773 Qaroriga muvofiq kompaniya tizimidagi hududiy 172 ta dorixonalar tomonidan dori vositalarini xarid qiluvchilarga identifikatsiya ma’lumotlari, ya’ni dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, dozasi, qadoqlash miqdori, ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumot, harid qilingan sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheklarining taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 2647-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 1 yanvaridan ulgurji savdo ustamasi 15 % dan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20% dan ortiq bo‘lmagan savdo ustamalari qo‘llanilmoqda.

Ro‘yxatga kiritilgan mahalliy hamda import dori vositalari va tibbiy buyumlar chegaralangan narxlar asosida qayta baholandi; ro‘yxatdagi dori vositalarining chegaralangan narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot hamda dorixonalardagi majburiy assortimentdagi dorilar ro‘yxati kompaniyaning rasmiy veb sayti va dorixonalardagi iste’molchilar burchagiga joylashtirildi.

Dori-darmon vositalarini chet eldan harid qilish bo‘yicha tenderda ishtirok etib, kompaniya va uning tizimidagi 3ta jamiyat 142 savdo nomidagi dori vositalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Ushbu dori vositalaridan umumiy qiymati 12,44 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan, import shartnomalari asosida 100 nomdagi dori vositalari Respublikamizga keltirildi. Ulardan 92 nomdagi dori vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, davolash-profilaktika mussasalariga va dorixonalar orqali sotuvga chiqarildi. Qolgan, umumiy qiymati 19,55 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 42 nomdagi dori vositalar joriy yilning sentyabr oyi oxiriga qadar Respublikaga keltirilishi kutilmoqda.

25.08.2017

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (47 KB, PDF)

 


http://www.doridarmon.uz/uploads/Raskritie%20informacii/2017/Osnovnie%20pokazateli%201kv%202017%20uzb.jpg

01.05.2017

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (115 KB, PDF)

 

 

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi  2017 yil 1-chorak  yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari 

 

 

Kompaniyaning bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga kiritilgan asosiy masala – “Dori-Darmon” AKning 2017 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha  iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yakunlarini muhokama qilishdan iborat. Shu munosabat bilan sizlarning e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman:

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Umumiy tovar aylanmasi 2017 yil 1-choragida 205,5 mlrd. so‘mdan (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 104,8 foiz) iborat bo‘lib, ulgurji savdo 141,9 mlrd. so‘mni (o‘sish 104,3 foiz), chakana savdo 63,6 mlrd. so‘mni (o‘sish 106,1 foiz) tashkil etdi.

2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Farmatsevtika mahsulotlarining importi 28,0 mln. AQSh dollaridan iborat bo‘ldi (o‘tgan yilga nisbatan 145,2 foiz). 224,6 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport xizmatlari ko‘rsatildi. 
Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 20,9 mlrd. so‘mlik (rejaga nisbatan 100,01 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 3,4 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi. 

Aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 104,8 foizga oshdi; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 16,4 mlrd.so‘mni, imtiyozli bemorlarga – 1,6 mlrd.so‘mni tashkil qildi;

Kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2,9 mlrd.so‘mga yetkazildi. 


Kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan hisobot davrida qator tashkilot va muassasalarga jami homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Jumladan:

- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 martdagi (03-30-13-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 99,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;
- O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga 45,0 mln.so‘m, qilichbozlik federatsiyasiga 27,08 mln so‘m, gimnastika federatsiyasiga 15,0 mln.so‘m, futbol federatsiyasiga 7,5 mln.so‘m, shaxmat federatsiyasiga 4,0 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondiga 20,03 mln. so‘mlik dori vositalari berildi; 

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasiga 27,0 mln.so‘m; sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muassasalarga 32,703 mln.so‘m; “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 25,0 mln.so‘m; futbol maktablariga 22,0 mln.so‘m; nogironlar jamiyatlariga 3,53 mln.so‘m; “Mahalla” jamg‘armasiga 9,04 mln.so‘m, “Nuroniy” jamg‘armasiga 5,0 mln.so‘m, Toshkent shahar xokimiyatiga 9,0 mln.so‘m, jismoniy shaxslarga 26,157 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi.

3. 2017 yil Investitsiya dasturining bajarilishi :

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2016 yildagi PQ-2595- sonli qaroriga binoan Qashqadaryo viloyatida 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida dorivor o‘simlik va giyohlar asosida ekstraktlar va dorivor moylarni ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish - montaj ishlariga 550,0 mln. so‘mlik loyiha hujjatlari tasdiqlandi va 200,0 mln.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.01.2017 yildagi 20 – sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida 5,09 mln. AQSh dollari miqdorida yiliga 4 mln. dona quruq kukun shaklidagi antibiotik ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlarini boshlash uchun 60 sotix yer sotib olish uchun xujjatlar tayyorlanmoqda.


Vazirlar Mahkamasining 20.04.2015 yildagi 32 – sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida,
- Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 170,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simlik va giyohlar asosida turli hil dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari yakunlandi, asbob-uskunalar o‘rnatildi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;
- Namangan shahrida 500,0 ming AQSh dollarlik dorivor moylarini ishlab chiqarish va qadoqlash bo‘yicha liniya o‘rnatildi, qurilish-montaj ishlari yakunlandi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;

- Buxoro viloyatida 100,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simliklardan kukun shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari tugagan, pul mablag‘lari konvertatsiya qilingandan so‘ng asbob-uskunalar keltirilib, montaj ishlari boshlanishi kutilmoqda.

- 2017 yilning 1-choragi davomida kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

- Hisobot davrida 5 ta qishloq vrachlik punktlari binosida dorixona shaxobchalari tashkil etildi (2017 yilda 70ta ochilishi rejalashtirilgan);

- Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida ijtimoiy dorixona o‘z faoliyatini boshladi (yil davomida 30 ijtimoiy dorixona tashkil etilishi muljallangan);

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxdagi dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS” rusumli avtomobillarda qo‘shimcha ravishda 40 ta ko‘chma dorixona shaxobchalari tashkil qilish maqsadida “Djeneral Motors O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatiga buyurtma berildi hamda kompaniyaning hududiy bo‘linmalari joylardagi avtosalonlarga biriktirildi.

4. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi:

Joriy yilning 1-choragi davomida kompaniya nomiga jami 295ta, shu jumladan 159tasi virtual qabulxonadan, 29tasi yagona interaktiv davlati xizmatlari portali orqali, 49tasi kompaniyaning ishonch telefoni, 14tasi kompaniyaning sayti orqali va 44ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlardagi masalalar o‘z vaqtida ijobiy xal qilindi. Kompaniyaga murojaat qilayotgangan fuqarolarni qabul qilish uchun Markaziy dorixona binosida xona ajratilgan.


5. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar : 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi “2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-2569-sonli Qaroriga asosan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga jami – 1,0 mlrd so‘mlik 4 ta loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi PQ-2569-sonli Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, to‘rta loyihani amalga oshirish bo‘yicha tarmoq rejalari ishlab chiqilib tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Uchta loyiha bo‘yicha texnik topshiriq (TZ) me’yoriy hujjati ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi bilan kelishib, ekspert xulosalari olindi; 

2016 yilning 12 dekabr kuni PQ-2569-sonli Qarorga kiritilgan 1-loyiha - “Yoqilg‘i moylash materiallari sarfini nazorat qilish va avtotransportlarni sputnik tizimi orqali monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimi” to‘liq ishga tushdi;

2017 yilning 1-choragida PQ-2569-sonli Qarorga kiritilgan 2-loyiha – “Kompaniya tizimidagi barcha aksiyadorlik va ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida elektron hujjat aylanish tizimi va kadrlar bo‘limi xizmatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy qilish” tizimi test rejimida ishga tushirildi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ 2647-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 1 yanvaridan ulgurji savdo ustamasi 15 % dan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20% dan ortiq bo‘lmagan savdo ustamalari qo‘llanilmoqda.
Ro‘yxatga kiritilgan mahalliy hamda import dori vositalari va tibbiy buyumlar chegaralangan narxlar asosida qayta baholandi; ro‘yxatdagi dori vositalarining chegaralangan narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot hamda dorixonalardagi majburiy assortimentdagi dorilar ro‘yxati kompaniyaning rasmiy veb sayti va dorixonalardagi iste’molchilar burchagiga joylashtirildi.

Dori-darmon vositalarini chet eldan harid qilish bo‘yicha tenderda ishtirok etilib, kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan 32,1 mln AQSh dollarlik 140 savdo nomidagi dori vositalari yutib olindi.
Joriy yilning 1 aprel holatiga respublikamiz hududiga 29 nomdagi jami 3,9 mln. AQSh dollarlik dori vositalari keltirildi, bundan 23 nomdagi 1,5 mln. AQSh dollarlik dori vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazildi va sotuvga chiqarildi, 6 nomdagi 2,4 mln. AQSh dollarlik dori vositalari hozirda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda. 


6. Soha bo‘yicha mavjud kamchilik va muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar.

Muammolar:
1. Ko‘pchilik qishloq vrachlik punktlarida ijtimoiy dorixona shaxobchalari tashkil qilinmagan, buning yana bir sababi tashkil qilinadigan dorixona shaxobchalarida mudir lavozimida ishlash uchun farmatsevt mutaxassislarning yetishmasligidir.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2773- sonli qarorining ilovasida dorixona muassasasi tomonidan dori vositasi va tibbiy buyumlarni sotilganida kassa cheki bilan birgalikda tovar cheki berilishi belgilangan. Lekin, QVPlar qoshida tashkil etilgan dorixona shaxobchalarini tovar cheki berishi uchun kompyuter va printerlar bilan ta’minlanishi katta mablag‘ni talab etadi.

1. Takliflar:

1. Qishloq vrachlik punkti va qishloq vrachlik punktlari negizida tashkil etilgan poliklinikalarda dorixona shaxobchasi mudiri sifatida o‘rta tibbiyot ma’lumotiga ega mutaxassis ishlashi mumkinligi to‘g‘risida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 21 moddasiga qo‘shimcha kiritish.
2. Qishloq vrachlik punktlari binosida faoliyat yuritayotgan dorixona shaxobchalarini tovar cheki berilishidan ozod qilish. 

 

25.04.2017

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (58 KB, PDF)

 


http://www.doridarmon.uz/uploads/Raskritie%20informacii/2017/2016%20itogi%20uzb.jpg

10.02.2017

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (116 KB, PDF)

 


http://www.doridarmon.uz/uploads/Raskritie%20informacii/Pokazateli%20kompanii%203kv%202016%20uzb.png

10.10.2016

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (114 KB, PDF)

 

http://www.doridarmon.uz/uploads/Raskritie%20informacii/Pokazateli%20kompanii%202kv%202016%20uzb.png

10.07.2016

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (78.3 KB, PPTX)

 


 

 

http://doridarmon.uz/uploads/Dop.%20dokumenti/sravnenie%20itogov%202014-2015%20uzb.png

 

 

29.02.2016

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

Yuklab olish (208 KB, PPT)

 


"Dori-Darmon" AKning 2016 yilga Biznes rejasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar

Yuklab olish (PDF, 333 KB) 

«DORI-DARMON» AK 2013-2015 yillar moliyaviy-xo’jalik faoliyatlari natijalarini biznes-rejasi bilan taqqoslash

Yuklab olish (PPT, 109 KB) 

Kompaniya matbuot-xizmati

Tel: +998 71 281 41 29

 


“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining 2016 yilning 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida

I. 2016 yilning 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar:

·         umumiy tovar aylanmasi – 380,0 mlrd.so‘m; shu jumladan ulgurji savdo – 267,9 mlrd. so‘mni, chakana savdo – 112,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi;

·         eksport xizmatlari 356,7 ming AQSh dollaridan iborat bo‘ldi;

·         Kooperatsiya birjasi doirasidagi shartnomalar bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 34,3 mlrd. so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari xarid qilindi;

·         kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 81 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

·         qishloq joylaridagi aholini sifatli va arzon narxdagi dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS”rusumli avtomobillarda qo‘shimcha ravishda 50 ta ko‘chma dorixona shaxobchalari tashkil qilindi;

·         kompaniya tizimidagi dorixonalarda 1,25 mlrd. so‘mlik steril va nosteril dori vositalari tayyorlandi;

·         kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6,2 mlrd.so‘mga yetkazildi.

 

II. Mavjud kamchilik va muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar:

  1. Muammo: Dorixona muassasalarining asosiy qismi davolash-profilaktika muassasalari atrofida hamda bozorlar va shu kabi aholi gavjum joylarda faoliyat ko‘rsatayotganligi tufayli nosog‘lom raqobat yuzaga kelmoqda. Shu bilan birga, aholi punktlarining chekka joylarida dorixona muassasalari kam tashkil qilingan.

Taklif: Mahalliy farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining ichki bozordagi ulushini intensiv oshib borishini inobatga olgan holda, mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarga qo‘yiladigan savdo ustamalarini pasaytirib, xorijiy farmatsevtika mahsulotlariga qo‘yiladigan savdo ustamalari bilan tenglashtirish, ya’ni yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdoda 15% va chakana savdo uchun 20%dan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi cheklangan savdo ustamalarini (hozirgi kunda import qilingan dori vositalari uchun ulgurji-chakana – 20%, mahalliy uchun ulgurjida – 20% va chakanada - 25%) belgilash to‘g‘risidagi qarorini qabul qilishni tezlashtirish.

Sanitariya qoida va me’yorlariga o‘zgartirishlar kiritib, dorixonalarning minimal maydoni 50 kv.metr bo‘lishi va dorixona muassasalari orasidagi masofa 500 metrdan kam bo‘lmasligini ko‘zda tutish.

  1. Muammo: Qishloq vrachlik punktlarida faoliyat ko‘rsatayotgan dorixona shaxobchalariga alohida elektr o‘lchagich o‘rnatish talab etilishi.

Taklif: QVPlardagi dorixona shaxobchalariga alohida elektr o‘lchagich o‘rnatmasdan faoliyat yuritishga ruxsat berish.

 

III. 2016 yilning 2-yarim yilligida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar:

 

  • 2016 yilga belgilangan biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash.
  • Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida import Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 69,9 mlrd.so‘mlik mahsulotlarni xarid qilish.
  • Kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yil davomida jami 86 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish.
  • 1,6 mln. AQSh.dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirib, 5 ta farmatsevtik korxonasini ishga tushirish.
  • Kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 12,7 mlrd.so‘mga yetkazish.
  • Respublika aholisini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida tuman markazlarida 129 ta ijtimoiy dorixonalarni tashkil qilish.

10.07.2016

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (199 KB, PDF)

 


«Dоri-Dаrmоn» аksiyadоrlik kоmpаniyasidа

2016 yil  1-choragida аmаlgа оshirilgаn  ishlаr  to’g’risidа mа’lumоt

 

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning bajarilishi:

Umumiy tovar aylanmasi 2016 yilning 1-choragida 204,9 mlrd. so’mdan (o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish 128,6 foiz) iborat bo’lib, ulgurji savdo  141,6 mlrd. so’mni (o’sish 130,6 foiz), chakana savdo  63,3  mlrd. so’mni (o’sish 124,4 foiz) tashkil etdi.

2. Hajmiy ko’rsatkichlarning bajarilishi:

Farmatsevtika mahsulotlarining importi 20,5 mln. AQSh dollaridan iborat bo’ldi (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 93,5 foiz).

229,6 ming  AQSh  dollari  miqdoridagi  eksport  xizmatlari  ko’rsatildi. 

Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo’yicha 16,6  mlrd. so’mlik (rejaga nisbatan 100,01 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 2,5 mlrd. so’mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi.

3. Kompaniya va uning bo’linmalari tomonidan qator tashkilot va muassasalarga  homiylik erdamlari ko’rsatildi. Jumladan:

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 11 martdagi            06-03/1-754-sonli   yiғilishi baennomasiga asosan,  Navro’z umumxalq bayrami arafasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam taminlangan oilalarga moddiy erdam ko’rsatish uchun 80,0 mln.so’m;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 apreldagi 2/101-sonli (01-07/1-110) yiғilishi baennomasiga  asosan, O’zbekiston dzyudo federatsiyasiga    15,0 mln.so’m va O’zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga 13,8 mln.so’m;

– “Sog’lom avlod uchun” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan “Salomatlik poezdi”ga  9,0 mln. so’m;

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamғarmasiga 45,0 mln.so’m;

-  “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 25,0 mln.so’m;

-  “Ibn Sino” jamoat fondiga 7,0 mln.so’m;

-   soғliqni saqlash va ijtimoiy muassasalariga 14,2 mln.so’m;

-  “Mehribonlik” uylari va nogironlar jamiyatlariga 5,2 mln.so’m.

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga baғishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maruzasi asosida «Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasining chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan. Bu rejaga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 128,6  foizga oshdi; Soғliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 10,94 mlrd. so’mni, boshqa davolash-profilaktika muassasalariga – 1,94  mlrd. so’mni, imtiezli bemorlarga – 915,8 mln. so’mni tashkil qildi;

- Samarqand shahridagi “INTEGRA DD” MChJ tomonidan 1 mlrd. 512,5 mln.so’mlik 925 ming upakovka ampulali dori preparatlari ishlab chiqarildi;

-  2016 yilni o’tgan davrida  kompaniya va uning hududiy bo’linmalari tomonidan jami  36 ta yangi ish o’rinlari yaratildi;

- kompaniyaning hududiy bo’linmalari tomonidan joriy yilning 1-choragida  qishloq vrachlik punktlarida 6 ta dorixona shaxobchasi tashkil qilindi;

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxdagi dori vositalari bilan taminlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS”rusumli avtomobillarda qo’shimcha ravishda 50 ta ko’chma dorixona shaxobchalari  tashkil qilindi;

- iqtisodietning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo’yicha tayerlanaetgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiga kompaniya tomonidan jami 1,7 mlrd. so’mlik 5 ta loyihani amalga oshirish taklifi berildi;

- kompaniyaning “Ishonch telefoni”ga  IVR tizimi o’rnatili, barcha qo’nғiroqlarni ezib olish va baholash imkoniyati yaratildi;

- kompaniya va uning bo’linmalaridagi 18 nafar mutaxassislar axborot xavfsizligi bo’yicha o’z malakalarini oshirdi.

27.05.2016

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 Yuklab olish (20 KB, DOC)

 

 

«Dоri-Dаrmоn» аksiyadоrlik kоmpаniyasidа

 2015 yildа аmаlgа оshirilgаn  ishlаr  to’g’risidа

mа’lumоt

 

 

«Dоri-Dаrmоn» аksiyadоrlik kоmpаniyasi  tizimidа 2015 yildа umumiy tоvаr аylаnmаsi 678,6 mlrd. so’mdаn (o’tgаn yilgа nisbаtаn o’sish 130,8 fоiz) ibоrаt bo’lib, ulgurji sаvdо  474,9 mlrd. so’mni (o’sish 129,1 fоiz), chаkаnа sаvdо  203,7  mlrd. so’mni (o’sish 135,0 fоiz) tаshkil etdi. 933,6 ming  АQSh  dоllаri  miqdоridаgi  ekspоrt  хizmаtlаri  ko’rsаtildi.

Kооpеrаtsiya birjаsi dоirаsidа mаhаlliy ishlаb chiqаruvchilаr bilаn tuzilgаn shаrtnоmаlаr bo’yichа 55,92 mlrd.so’mlik mаhsulоtlаr (rеjаgа nisbаtаn 100,2 fоiz), bоshqа mаhаlliy kоrхоnаlаrdаn 8,2 mlrd. so’mlik dоri vоsitаlаri vа tibbiy buyumlаr хаrid qilindi.

 “2015 yil – Kеksаlаrni e’zоzlаsh yili” Dаvlаt dаsturining 25-bаndigа binоаn, “Dоri-Dаrmоn” аksiyadоrlik kоmpаniyasigа 1941-1945 yillаrdаgi urush qаtnаshchilаrini, shuningdеk yolg’iz pеnsiоnеrlаrni mаnzilli ro’yхаtlаr аsоsidа  mахsus dоri-dаrmоn yig’mаlаri (оg’riqlаntiruvchi vоsitаlаr, spаzmоlitiklаr, gipоtеnziv prеpаrаtlаr vа bоshqаlаr) bilаn bеpul tа’minlаsh vаzifаsi yuklаtilgаn. Mаzkur bаnd ijrоsini tа’minlаsh mаqsаdidа “Nurоniy” jаmg’аrmаsi rаhbаriyatining tаkliflаrini inоbаtgа оlgаn hоldа dоri vоsitаlаrining ro’yхаti bеlgilаnib, 182,2 mln.so’mlik 8000 dоnа dоri qutilаri (аptеchkаlаr) tаyyorlаndi. Bu dоri qutilаri  bilаn rеspublikа hududlаridаgi 1941-1945 yillаr urushi qаtnаshchilаri vа yolg’iz pеnsiоnеrlаr mаnzilli ro’yхаtlаr аsоsidа  bеpul tа’minlаndilаr.

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2015 yil 21 аprеldаgi “Dоrivоr o’simliklаr аsоsidа dоri vоsitаlаrini vа biоlоgik fаоl qo’shimchilаrni (BFQ) mаhаlliy kоrхоnаlаrdа ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа”gi 32-sоnli yig’ilish bаyonigа muvоfiq, 2015-2017 yillаr dаvоmidа  “Dоri-dаrmоn” аksiyadоrlik kоmpаniyasi tоmоnidаn  dоrivоr o’simliklаr хоm аshyosini qаytа ishlаsh vа qаdоqlаsh bo’yichа 65 tа lоyihаni аmаlgа оshirish ko’zdа tutilgаn. Dоrivоr o’simliklаr аsоsidа dоri vоsitаlаri vа biоlоgik fаоl qo’shimchilаrni ishlаb chiqаrish mаqsаdidа hоzirdа mаvjud bo’lgаn vа yangi tаshkil etilаdigаn quvvаtl

8007
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.