«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

“Dori-Darmon" АК da yoshlar ittifoqi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

10.07.2018

“Dori-Darmon" АК da yoshlar ittifoqi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar - kompaniyada ishlayotgan yosh mutaxassislar 2017 yil 5 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat yoshlar siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida" gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yo'llari va 2017 yil 18 iyuldagi "O'zbekiston Yoshlar ittifoqining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi mavzular muhokama qilindi. AK "Dori-Darmon" yoshlar tashkilotining etakchilari farmatsevtika sohasida ishlayotgan yosh o’gil va qizlarning salohiyatini oshirish va yuksaltirishga qaratilgan qator loyihalarni ko'rib chiqdilar. Ayniqsa, sog'lom turmush tarzi, qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish masalalarini amalga oshirish, axborot texnologiyalarini keng qo'llash, yosh mutaxassislarning kasbiy malakalarini oshirishni ta'minlash, ularning notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirish va boshqa ko'plab sohalardagi loyihalar bo'yicha fikr va takliflar bildirilib, yoshlar faolligini ilmiy va ijodiy sohalarda yuksaltirishga qaratildi.
"Ochik Mulokot" formatida yoshlarga oid dolzarb mavzularda ochiq muloqot bo'lib o'tdi. So'zga chiqqanlar yoshlar uchun, shu jumladan "Kitob sevuvchilar klubi" (Zakovat) kabi madaniy dam olishni ta’minlash ishlarini tashkil etishni taklif qildilar.
Muhokama qilingan barcha masalalar bo'yicha ochiq ovoz berish yo'li bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

http://www.doridarmon.uz/uploads/gallery/901ea6b7-d095-4c14-8c3d-3c613a78025d.jpeg

http://www.doridarmon.uz/uploads/gallery/1172ad00-dc53-44a8-86eb-e9c2ca79e3e4.jpeg

http://www.doridarmon.uz/uploads/gallery/926f08a0-5d5f-4956-99ac-7b28f2b73ed4.jpeg

http://www.doridarmon.uz/uploads/gallery/4f6b72ee-7794-42dc-aedd-ee1344968c60.jpeg

144
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.