«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

"Dori-Darmon" АК viloyatlarda yig’ilishlar o’tkazish maqsadida bir qator tashriflar uyushtirdi.

04.08.2018

"Dori-Darmon" АК viloyatlarda  yig’ilishlar  o’tkazish maqsadida bir qator tashriflar uyushtirdi.

Nukus shahrida  "Dori-Darmak" MChJ mutaxassislari bilan dorixonalarda dori vositalari assortimentini kengaytirish, dasturiy ta'minotni optimallashtirish, zamonaviy IT-texnologiyalarini aholini dori vositalari bilan ta'minlash tizimiga joriy etish bo'yicha konstruktiv muloqot bo'lib o'tdi. Dorixona tarmog'ining mavjud texnik va dasturiy ta'minoti darajasini monitoring qilish amalga oshirildi. Birja savdosi mexanizmlari, dorixonalar uchun ajratilgan binolarni rekonstruktsiya qilish masalalari kompaniya rahbari Ravshan Azimov tomonidan soha mutaxassislari bilan muhokama qilindi. Har bir bo’lim bo'yicha aniq qarorlar qabul qilindi, amaliy tavsiyalar berildi. Xususan, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, yangi dunyoqarashni shakllantirish va O’zbekistonda bu kasb egalariga bo’lgan  talabni katta ekanligi  sababli muntazam trening o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.

 

65
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.