«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

“DORI-DARMON” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI MUTAXASSISLARINI “M-DORIXONA PLYUS” TIZIMLI DASTURGA O‘RGATISH

11.09.2017

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining 4 ta mutaxassisi kompaniyaning axborot texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan kursda “M-dorixona plyus” ko‘p vazifali tizimli dasturni o‘rganishni muvofaqiyatli tamomlashdi. O‘quv kurslari kompaniyaning axborot texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish markazi tomonidan kompaniyaning yangi xodimlari uchun tashkil etilgan. Shuningdek, hozirda yana 5 nafar mutaxassis o'rganishni boshlashgan.

Mashg‘ulotlarning asosiy mavzulari:

- “M-dorixona plyus” dasturiy mahsulotning asoslari; 

- Dorixona muassasalarini boshqarish bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish;

- Hisobning to‘liq sikli kiritish usullarini qo‘llash; 

- To‘liq nazoratni bajarishni yaxshilash.

O‘qitish maxsus tayyorlangan tarqatma materiallar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, o‘quvchilarga dasturning ayrim imkoniyatlaridan foydalanish to‘g‘risida tarqatma materiallar beriladi.
O‘qitish natijalari bo‘yicha quyidagilar nazarda tutilgan:

- Xaridorlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqarishi (mahsulot mavjudligi, uning narxi, yaroqlilik muddati va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma kompyuterda saqlanadi);

- Mahsulot harakati avtomatik hisobga olinishi hisobiga buyurtmalar aniq tuzilishi; 

Hisobotlar turliligi istalgan mahsulotga ehtiyojni aniq bilish imkoniyatin beradi.

- Mahsulotni xatlash, tayyorlanayotgan hisobotlar aniqligi oshadi. 

Aytib o‘tish kerakki, kompaniya mutaxassislari ushbu dasturdan foydalanayotgan xodimlarning malakasini oshirish maqsadida bunday o‘quv kurslari ko‘p marotaba o‘tkaziladi.



Kompaniya matbuot-xizmati
Tel: + 998 71 281 41 29

500
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.