«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

В Акционерной компании «Дори-Дармон» проходят семинары и тренинги

17.09.2018

2018 yil 17-sentabrdan boshlab "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasida "ESCEYP" (Rossiya) kompaniyasiga qarashli maxsus guruh tomonidan tashkil etilgan seminarlar va treninglar olib borilmoqda. AK "Dori-Darmon" mutaxassislari uchun olib borilayotgan o'quv dasturi viloyatlardagi dorixonalar tarmog'ida M-APTEKA Plus dasturiy mahsulotini amaliy boshqarish ko'nikmalariga to'liq ega bo'lish imkonini beradi va bu keyinchalik O'zbekiston bo'ylab Dori-Darmondagi barcha ijtimoiy dorixonalarda tadbiq etiladi. "M-APTEKA Plus" avtomatik ravishda ishlovchi noyob mexanizm sifatida mehnat xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi va xodimlarning ishini osonlashtiradi, bu esa dori-darmonlar harakati jarayonida barcha omillarni hisobga olish imkonini beradi, jumladan: mahsulotni sotib olishdan boshlab toki uni iste’molchiga etkazish kabi jarayonlar bilan bog’lik bo’lgan qarorlarni  qabul qilishdan toki yakuniy  hisobotga qadar barcha ma’lumotlarga ega bo’lish imkonini beradi. Bu Tizim dorixona muassasalarini boshqarishning turli elementlarini birlashtirishga imkon beradi. "M-APTEKA Plus" dori-darmonlarning inventarizatsiyani boshqarish jarayonini optimallashtirish imkonini beradi, tezkor va tahliliy nazoratni samarali amalga oshiradi.

149
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.