«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

“O’ZBEKISTON DORI-TA’MINOTI” MchJ

“O’zbekiston Dori-Ta’minoti” MChJ, mamlakatimiz aholisi va davolash muassasalarini sifatli farmatsevtika mahsulotlarning keng assortimenti bilan ta’minlovchi yirik ulgurji-chakana kompaniya hisoblanadi. 

1989 yil 1 yanvar kuni O’z DDB (MDO) Markaziy dorixona omborxonasi 29.02.1988 yildagi 82-0-sonli buyruqqa asosan “Farmatsiya” O’zRIChB ga qayta nomlangan. 1994 yil 1 aprel kuni 14.04.1994 yildagi 28-0-sonli buyruqqa asosan “Farmatsiya” O’zRIChB “O’zbekiston Dori-Ta’minoti” AJ ga qayta tashkil etilgan. Keyinchalik, “O’zbekiston Dori-Ta’minoti” AJ 21.11.2003 yildagi 71-sonli buyruqqa asosan “O’zbekiston Dori-Ta’minoti” MChJ ga qayta tashkil etilgan.

2005 yil 29 avgust kuni “O’zbekiston Dori-Ta’minoti” MChJ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2005 yildagi 131-sonli Qaroriga muvofiq, “O’zbekiston Dori-Ta’minoti” MChJ “O’zbekiston Dori-Ta’minoti” ShK ga qayta tashkil etilgan.

“O’zbekiston Dori-Ta’minoti” MChJ tizimiga 8 ta chakana dorixona kiradi. Shu’ba korxona 650 dan ortiq xususiy kompaniya, 90 ta davolash muassasalari, hamda 50 ta ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Korxona 70 ta mahalliy ishlab chiqaruvchidan dori vositalarini xarid qiladi. Assortimentda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning 2000 dan ortiq dori vositalari mavjud.
 
 
Direktor:
Inog’omov Abduvoxid G’ofurjonovich

Tel.: (99871)  228-11-05

Manzil: 100069 Toshkent, Yangi Olmazor ko’chasi, 1A

Tel.: (99871) 228-10-31, 248-24-85

Email: dt-alisher@doridarmon.uz

Web-sayt: www.uzdt.uz

ООО "Dori-Taminot" ustavi (5,4 MB, PDF) ko’chirish

12144
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.