«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

«DORI DARMON INVEST» MChJ

«DORI DARMON INVEST» MChJ Shu’ba Korxonasi «DORI DARMON» DAU Boshqaruvi tomonidan 2004 yil 08 iyun kuni tashkil etilgan.

Korxonaning asosiy faoliyat sohasi shartnoma asosida farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari va distrib’yutorlari uchun:

  • tayyor dori vositalari, tibbiy maqsadli buyumlar, farmatsevtika substantsiyalarni davlat royxatidan o’tkazish jarayonida;
  • dori vositalari, tibbiy maqsadli buyumlar, farmatsevtika substantsiyalarni qayta ro’yxatdan o’tkazishda;
  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida ro’yxatdan o’tish hujjatlari, me’yoriy hujjatlar va ro’yxatdan o’tganlik to’g’risidagi guvohnamalarga o’zgartirish kiritishda;
  • dori vositalardan tibbiy foydalanish bo’yicha yo’riqnoma, bemorlar uchun ma’lumotli varaqalarni davlat tiliga tarjima qilishda muvofiqlashtirish va ko’maklashish bo’yicha xizmatlar ko’rsarish hisoblanadi.

«DORI DARMON INVEST» MChJ mutaxassislari, buyurtmachilarni davlatning farmatsevtika bozorining qiziqtirgan segmentlariga nisbatan marketing tadqiqotlarini o’tkazishadi.
Korxona jamoasi ro’yxatdan o’tkazish ish yurituvi: vakolatli davlat organiga hujjatlar to’plami, topshirilgan dori vositalari namunalarini, ta’sir etuvchi moddalar substantsiyalarini, standartlarni berish munosabati bilan xizmat ko’rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi, ma’lumotlar bilan almashuvni va buyurtmachilarga yakuniy hujjatlar – ekspert xulosalari, amaldagi me’yoriy hujjatlarga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida xabarnomalar, ro’yxatdan o’tganlik to’g’risidagi sertifikatlarni, qayta ro’yxatdan o’tganlik guvohnamalar, hamda marketing tadqiqotlar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida jo’natadi.

 

Direktor:

Doljikov Vladimir Borisovich 

Manzil: O’zbekiston, 100060 Toshkent sh. T.Shevchenko ko’chasi, 42 а.

Tel./faks: (+998 71) 281 43 32, 281 41 02.

E-mail: vladimir@doridarmon.uz

"Dori-Darmon" ustavi (4,5 MB, PDF) ko’chirish

6176
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.