“Ahbor-Reyting” Reyting agentligi 2013 yilning ikkinchi yarim yilligi natijalari bo’yicha “Dori-Darmon” Aksiyadorlik Kompaniyasiga milliy daraja bo’ycha qimmatli qog’ozlar emitenti reytingini “Barqaror” prognozi bilan “uzА+” darajasida tasdiqladi. “uzА+” reytingi qimmatli qog’ozlar emitenti Kompaniyaning o’z majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishning YUQORI qobiliyatini va faoliyatida kredit xatarlarning o’ta past darajasini bildiradi. “uzА+” reytingiga ega qimmatli qog’ozlar emitenti Kompaniya Respublikada mavjud boshqa korxona – reytingning pastroq datajasiga ega qimmatli qog’ozlar emitentlariga nisbatan o’z majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarish uchun o’ta YUQORI imkoniyatlarga mavjud tashkilot sifatida tavsiflanadi.
Hujjatning to'liq mazmunini ushbu link orqali ko'rib chiqishingiz mumkin