«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

Rahbariyatning murojaati va ma'ruzalari

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi A.Kamilovning 2017 yil 2-chorak  yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi
MA’RUZASI

 

Assolomu alaykum hurmatli xamkasblar!

Kompaniyaning bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga kiritilgan asosiy masala – “Dori-Darmon” AKning 2017 yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha  iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yakunlarini muhokama qilishdan iborat.

Shu munosabat bilan sizlarning e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman:

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Umumiy tovar aylanmasi 2017 yil 1-yarim yilligida 463,7 mlrd. so‘mdan (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 114,9 foiz) iborat bo‘lib, ulgurji savdo 333,59 mlrd. so‘mni (o‘sish 116,8 foiz), chakana savdo 130,17 mlrd. so‘mni (o‘sish 110,3 foiz) tashkil etdi.

2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Farmatsevtika mahsulotlarining importi 56,5 mln. AQSh dollaridan iborat bo‘ldi (o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 119,7 foiz).

Kompaniya tomonidan 283,2 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport xizmatlari ko‘rsatildi.

Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 41,8 mlrd. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 121,0 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 8,2 mlrd. so‘mlik (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 104,0 foiz) dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi.

Aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 126,8 foizga oshdi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 38,7 mlrd.so‘mni, imtiyozli bemorlarga – 3,8 mlrd.so‘mni tashkil qildi;

Kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 8,2 mlrd.so‘mga (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 117,0 foiz) yetkazildi.

Kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan hisobot davrida qator tashkilot va muassasalarga jami homiylik yordamlari ko‘rsatildi.

Jumladan:

- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 martdagi (03-30-13-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan “Navro‘z umumxalq bayrami” arafasida 99,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga 102,4 mln.so‘m, qilichbozlik federatsiyasiga 27,18 mln so‘m, gimnastika federatsiyasiga 15,0 mln.so‘m, futbol federatsiyasiga 21,5 mln.so‘m, shaxmat federatsiyasiga 4,0 mln. so‘m, dzyudo federatsiyasiga 14,67 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondiga 70,2 mln. so‘mlik dori vositalari berildi;

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasiga 37,0 mln. so‘m; sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muassasalarga 32,7 mln.so‘m; “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 25,0 mln.so‘m; futbol maktablariga 32,0 mln.so‘m; nogironlar jamiyatlariga 4,53 mln.so‘m; “Mahalla” jamg‘armasiga 9,04 mln.so‘m, “Nuroniy” jamg‘armasiga 127,0 mln.so‘m, Toshkent shahar hokimiyatiga 9,0 mln.so‘m, jismoniy shaxslarga 40,45 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi.

3. 2017 yil Investitsiya dasturining bajarilishi :

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2016 yildagi PQ-2595- sonli qaroriga binoan Qashqadaryo viloyatida 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida dorivor o‘simlik va giyohlar asosida ekstraktlar va dorivor moylarni ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 1,7 mln. AQSh dollari miqdori miqdoriga teng summa o‘zlashtirildi. Loyiha sentyabr oyida ishga tushiriladi.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.01.2017 yildagi 20–sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida 5,09 mln. AQSh dollari miqdorida yiliga 4 mln. dona quruq kukun shaklidagi antibiotik ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, 960 mln. so‘mga yer maydoni sotib olindi va qurilish ishlariga 250,0 mln. so‘m ishlatildi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 apreldagi 32–sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

- Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 170,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simlik va giyohlar asosida turli hil dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari yakunlandi, asbob-uskunalar o‘rnatildi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;

- Namangan shahrida 500,0 ming AQSh dollarlik dorivor moylarini ishlab chiqarish va qadoqlash bo‘yicha liniya o‘rnatildi, qurilish-montaj ishlari yakunlandi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;

- Buxoro viloyatida 100,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simliklardan kukun shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari tugatildi va asbob-uskunalar Xitoy davlatidan yuborildi. Asbob uskunalar joriy yilning 20-25 iyulida yetib kelishi kutilmoqda.

- 2017 yilning 1-yarim yilligi davomida kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 67 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi PQ-2857- sonli “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida 793 qishloq oilaviy poliklinikalarining hududlarida ijtimoiy dorixona shaxobchalarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda qishloq oilaviy poliklinikalarning 408 tasida dorixona shaxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda, 385 ta qishloq oilaviy poliklinikalaridan ajratilgan xonalarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va tayyor bo‘lgan joylarga farmatsevtika faoliyati ko‘rsatish uchun litsenziya olishga hujjatlar tayyorlanmoqda.

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxlardagi dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS” rusumli avtomobillarda qo‘shimcha ravishda 40 ta ko‘chma dorixona shaxobchalari tashkil qilish maqsadida “Djeneral Motors O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatiga buyurtma berildi va tegishli avtosalonlarga to‘lovlar amalga oshirildi. Joriy yilning 3-choragida ko‘chma dorixonalarning umumiy soni 154 taga yetkaziladi. 

4. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi:

Joriy yilning 1-yarim yilligi davomida kompaniya nomiga jami 608 ta, shu jumladan 331 ta virtual qabulxonadan, 50 ta yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, 107 ta kompaniyaning ishonch telefoniga, 17 ta kompaniyaning sayti orqali va 103 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlardagi masalalar o‘z vaqtida ijobiy xal qilindi. Kompaniyaga murojaat qilayotgan fuqarolarni qabul qilish uchun Markaziy dorixona binosida aloxida xona ajratilgan.

5. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar : 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi “2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektoriga axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-2569-sonli Qaroriga muvofiq“ Dori-darmon”AK ga 4 ta loyihani amalga oshirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, ulardan 3 ta loyiha bo‘yicha barcha ishlar to‘liq yakunlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2773 Qaroriga muvofiq kompaniya tizimidagi hududiy 172 ta dorixonalar tomonidan dori vositalarini xarid qiluvchilarga identifikatsiya ma’lumotlari, ya’ni dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, dozasi, qadoqlash miqdori, ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumot, harid qilingan sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheklarining taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 2647-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 1 yanvaridan ulgurji savdo ustamasi 15 % dan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20% dan ortiq bo‘lmagan savdo ustamalari qo‘llanilmoqda.

Ro‘yxatga kiritilgan mahalliy hamda import dori vositalari va tibbiy buyumlar chegaralangan narxlar asosida qayta baholandi; ro‘yxatdagi dori vositalarining chegaralangan narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot hamda dorixonalardagi majburiy assortimentdagi dorilar ro‘yxati kompaniyaning rasmiy veb sayti va dorixonalardagi iste’molchilar burchagiga joylashtirildi.

Dori-darmon vositalarini chet eldan harid qilish bo‘yicha tenderda ishtirok etib, kompaniya va uning tizimidagi 3ta jamiyat 142 savdo nomidagi dori vositalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Ushbu dori vositalaridan umumiy qiymati 12,44 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan, import shartnomalari asosida 100 nomdagi dori vositalari Respublikamizga keltirildi. Ulardan 92 nomdagi dori vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, davolash-profilaktika mussasalariga va dorixonalar orqali sotuvga chiqarildi. Qolgan, umumiy qiymati 19,55 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 42 nomdagi dori vositalar joriy yilning sentyabr oyi oxiriga qadar Respublikaga keltirilishi kutilmoqda.

25.04.2017

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi A.Kamilovning 2017 yil 1-chorak  yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi
MA’RUZASI


Hurmatli majlis ishtirokchilari! 

 

Kompaniyaning bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga kiritilgan asosiy masala – “Dori-Darmon” AKning 2017 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha  iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yakunlarini muhokama qilishdan iborat. Shu munosabat bilan sizlarning e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman:

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Umumiy tovar aylanmasi 2017 yil 1-choragida 205,5 mlrd. so‘mdan (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 104,8 foiz) iborat bo‘lib, ulgurji savdo 141,9 mlrd. so‘mni (o‘sish 104,3 foiz), chakana savdo 63,6 mlrd. so‘mni (o‘sish 106,1 foiz) tashkil etdi.

2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Farmatsevtika mahsulotlarining importi 28,0 mln. AQSh dollaridan iborat bo‘ldi (o‘tgan yilga nisbatan 145,2 foiz). 224,6 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport xizmatlari ko‘rsatildi. 
Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 20,9 mlrd. so‘mlik (rejaga nisbatan 100,01 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 3,4 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi. 

Aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 104,8 foizga oshdi; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 16,4 mlrd.so‘mni, imtiyozli bemorlarga – 1,6 mlrd.so‘mni tashkil qildi;

Kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2,9 mlrd.so‘mga yetkazildi. 


Kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan hisobot davrida qator tashkilot va muassasalarga jami homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Jumladan:

- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 martdagi (03-30-13-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 99,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;
- O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga 45,0 mln.so‘m, qilichbozlik federatsiyasiga 27,08 mln so‘m, gimnastika federatsiyasiga 15,0 mln.so‘m, futbol federatsiyasiga 7,5 mln.so‘m, shaxmat federatsiyasiga 4,0 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondiga 20,03 mln. so‘mlik dori vositalari berildi; 

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasiga 27,0 mln.so‘m; sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muassasalarga 32,703 mln.so‘m; “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 25,0 mln.so‘m; futbol maktablariga 22,0 mln.so‘m; nogironlar jamiyatlariga 3,53 mln.so‘m; “Mahalla” jamg‘armasiga 9,04 mln.so‘m, “Nuroniy” jamg‘armasiga 5,0 mln.so‘m, Toshkent shahar xokimiyatiga 9,0 mln.so‘m, jismoniy shaxslarga 26,157 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi.

3. 2017 yil Investitsiya dasturining bajarilishi :

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2016 yildagi PQ-2595- sonli qaroriga binoan Qashqadaryo viloyatida 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida dorivor o‘simlik va giyohlar asosida ekstraktlar va dorivor moylarni ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish - montaj ishlariga 550,0 mln. so‘mlik loyiha hujjatlari tasdiqlandi va 200,0 mln.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.01.2017 yildagi 20 – sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida 5,09 mln. AQSh dollari miqdorida yiliga 4 mln. dona quruq kukun shaklidagi antibiotik ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlarini boshlash uchun 60 sotix yer sotib olish uchun xujjatlar tayyorlanmoqda.


Vazirlar Mahkamasining 20.04.2015 yildagi 32 – sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida,
- Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 170,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simlik va giyohlar asosida turli hil dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari yakunlandi, asbob-uskunalar o‘rnatildi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;
- Namangan shahrida 500,0 ming AQSh dollarlik dorivor moylarini ishlab chiqarish va qadoqlash bo‘yicha liniya o‘rnatildi, qurilish-montaj ishlari yakunlandi va hozirda dori vositalarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda;

- Buxoro viloyatida 100,0 ming AQSh dollarlik dorivor o‘simliklardan kukun shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari tugagan, pul mablag‘lari konvertatsiya qilingandan so‘ng asbob-uskunalar keltirilib, montaj ishlari boshlanishi kutilmoqda.

- 2017 yilning 1-choragi davomida kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

- Hisobot davrida 5 ta qishloq vrachlik punktlari binosida dorixona shaxobchalari tashkil etildi (2017 yilda 70ta ochilishi rejalashtirilgan);

- Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida ijtimoiy dorixona o‘z faoliyatini boshladi (yil davomida 30 ijtimoiy dorixona tashkil etilishi muljallangan);

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxdagi dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS” rusumli avtomobillarda qo‘shimcha ravishda 40 ta ko‘chma dorixona shaxobchalari tashkil qilish maqsadida “Djeneral Motors O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatiga buyurtma berildi hamda kompaniyaning hududiy bo‘linmalari joylardagi avtosalonlarga biriktirildi.

4. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi:

Joriy yilning 1-choragi davomida kompaniya nomiga jami 295ta, shu jumladan 159tasi virtual qabulxonadan, 29tasi yagona interaktiv davlati xizmatlari portali orqali, 49tasi kompaniyaning ishonch telefoni, 14tasi kompaniyaning sayti orqali va 44ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlardagi masalalar o‘z vaqtida ijobiy xal qilindi. Kompaniyaga murojaat qilayotgangan fuqarolarni qabul qilish uchun Markaziy dorixona binosida xona ajratilgan.


5. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar : 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi “2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-2569-sonli Qaroriga asosan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga jami – 1,0 mlrd so‘mlik 4 ta loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi PQ-2569-sonli Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, to‘rta loyihani amalga oshirish bo‘yicha tarmoq rejalari ishlab chiqilib tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Uchta loyiha bo‘yicha texnik topshiriq (TZ) me’yoriy hujjati ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi bilan kelishib, ekspert xulosalari olindi; 

2016 yilning 12 dekabr kuni PQ-2569-sonli Qarorga kiritilgan 1-loyiha - “Yoqilg‘i moylash materiallari sarfini nazorat qilish va avtotransportlarni sputnik tizimi orqali monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimi” to‘liq ishga tushdi;

2017 yilning 1-choragida PQ-2569-sonli Qarorga kiritilgan 2-loyiha – “Kompaniya tizimidagi barcha aksiyadorlik va ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida elektron hujjat aylanish tizimi va kadrlar bo‘limi xizmatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy qilish” tizimi test rejimida ishga tushirildi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ 2647-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 1 yanvaridan ulgurji savdo ustamasi 15 % dan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20% dan ortiq bo‘lmagan savdo ustamalari qo‘llanilmoqda.
Ro‘yxatga kiritilgan mahalliy hamda import dori vositalari va tibbiy buyumlar chegaralangan narxlar asosida qayta baholandi; ro‘yxatdagi dori vositalarining chegaralangan narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot hamda dorixonalardagi majburiy assortimentdagi dorilar ro‘yxati kompaniyaning rasmiy veb sayti va dorixonalardagi iste’molchilar burchagiga joylashtirildi.

Dori-darmon vositalarini chet eldan harid qilish bo‘yicha tenderda ishtirok etilib, kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan 32,1 mln AQSh dollarlik 140 savdo nomidagi dori vositalari yutib olindi.
Joriy yilning 1 aprel holatiga respublikamiz hududiga 29 nomdagi jami 3,9 mln. AQSh dollarlik dori vositalari keltirildi, bundan 23 nomdagi 1,5 mln. AQSh dollarlik dori vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazildi va sotuvga chiqarildi, 6 nomdagi 2,4 mln. AQSh dollarlik dori vositalari hozirda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda. 


6. Soha bo‘yicha mavjud kamchilik va muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar.

Muammolar:
1. Ko‘pchilik qishloq vrachlik punktlarida ijtimoiy dorixona shaxobchalari tashkil qilinmagan, buning yana bir sababi tashkil qilinadigan dorixona shaxobchalarida mudir lavozimida ishlash uchun farmatsevt mutaxassislarning yetishmasligidir.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2773- sonli qarorining ilovasida dorixona muassasasi tomonidan dori vositasi va tibbiy buyumlarni sotilganida kassa cheki bilan birgalikda tovar cheki berilishi belgilangan. Lekin, QVPlar qoshida tashkil etilgan dorixona shaxobchalarini tovar cheki berishi uchun kompyuter va printerlar bilan ta’minlanishi katta mablag‘ni talab etadi.

1. Takliflar:

1. Qishloq vrachlik punkti va qishloq vrachlik punktlari negizida tashkil etilgan poliklinikalarda dorixona shaxobchasi mudiri sifatida o‘rta tibbiyot ma’lumotiga ega mutaxassis ishlashi mumkinligi to‘g‘risida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 21 moddasiga qo‘shimcha kiritish.
2. Qishloq vrachlik punktlari binosida faoliyat yuritayotgan dorixona shaxobchalarini tovar cheki berilishidan ozod qilish. 

E’tiboringiz uchun rahmat!

 

25.08.2017

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 

 

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi A.Kamilovning 2016 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi
MA’RUZASI


Hurmatli majlis ishtirokchilari! 

 

Kompaniyaning bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga kiritilgan asosiy masala – “Dori-Darmon” AKning o‘tgan 2016 yildagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yakunlarini muhokama qilishdan iborat. Shu munosabat bilan sizlarning e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman:

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:Umumiy tovar aylanmasi 2016 yilda 811,4 mlrd. so‘mdan (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 119,3 foiz) iborat bo‘lib, ulgurji savdo 571,3 mlrd. so‘mni (o‘sish 119,9 foiz), chakana savdo 240,1 mlrd. so‘mni (o‘sish 117,8 foiz) tashkil etdi.

2. Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi: Farmatsevtika mahsulotlarining importi 90,2 mln. AQSh dollaridan iborat bo‘ldi (o‘tgan yilga nisbatan 98,5 foiz).724,6 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport xizmatlari ko‘rsatildi. Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 70,954 mlrd. so‘mlik (rejaga nisbatan 100,01 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 12,0 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi.

3. Kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan joriy yil davomida qator tashkilot va muassasalarga homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Jumladan:

- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va yolg‘iz pensionerlarni maxsus dori-darmon yig‘malari bilan bepul ta’minlash maqsadida 215,4 mln.so‘mlik 7300 dona dori qutilari (aptechkalar) tayyorlanib, respublika hududlarida manzilli ro‘yxatlar asosida tarqatildi;

- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 11 martdagi (06-03/1-754-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 80,0 mln.so‘m, 3 maydagi (06-03-36-05-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan “Xotira va qadrlash kuni” arafasida 60,0 mln.so‘m, 17 avgustdagi (06-03-36-5-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida 90,0 mln.so‘m, 12 dekabrdagi (06-03-36-5-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan Yangi yil arafasida 180,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 apreldagi 2/101-sonli (01-07/1-110) yig‘ilish bayonnomasiga asosan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga 29,3 mln.so‘mlik va O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga 76,1 mln.so‘mlik dori vositalari berildi; Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 noyabrdagi 89a-sonli yig‘ilish bayoniga asosan O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasiga 1178,2 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 16 iyundagi 06-02-1-43-sonli yig‘ilish bayoniga asosan Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent shahridagi sammiti doirasidagi tadbirlar uchun 52,8 mln.so‘m; 16 sentyabrdagi 14/1-72-sonli yig‘ilish bayoniga asosan “Mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondiga 80,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan “Salomatlik poyezdi”ga 108,2 mln. so‘mlik dori vositalari berildi;

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasiga 101,0 mln.so‘m; sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muassasalarga 110,4.mln.so‘m; sport federatsiyalariga 101,6 mln.so‘m; “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 31,0 mln.so‘m; “Mehribonlik” uylari va nogironlar jamiyatlariga 40,9 mln.so‘m; “Ibn Sino” jamoat fondiga 17,0 mln.so‘m; “Mahalla” jamg‘armasiga 16,5 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi asosida «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasining chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan. Bu rejaga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 119,3 foizga oshdi; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 53,6 mlrd.so‘mni, boshqa davolash-profilaktika muassasalariga – 12,1 mlrd.so‘mni, imtiyozli bemorlarga –4,5 mlrd.so‘mni tashkil qildi;

- Kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 20,1 mlrd.so‘mga yetkazildi.

Samarqand shahridagi “Integra DD” MChJda infuzion eritmalarni ishlab chiqaruvchi yangi liniya ishga tushirildi. Bu korxonada ishlab chiqarish hajmi 17,4 mlrd.so‘mni tashkil qilib, ishlab chiqarilayotgan dori preparatlarining soni 20 taga yetdi.

Navoiy shahridagi “Avitsenna” MChJda 10 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ishlab chiqarish hajmi 2,7 mlrd.so‘mni tashkil qildi. Korxonada dorivor o‘simliklardan siroplar, nastoykalar va spirtli eritmalarni ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha 764,5 mln.so‘mlik uskunalar keltirilib, montaj qilindi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2016 yil 7 aprelda o‘tkazilgan 2-sonli (01-14/03-16-4) yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 129 ta ijtimoiy dorixonalar tashkil qilindi;

- 2016 yilda kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 169 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxdagi dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS” rusumli avtomobillarda qo‘shimcha ravishda 50 ta ko‘chma dorixona shaxobchalari tashkil qilinib, bunday dorixona shaxobchalarining soni 100 taga yetkazildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi “2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-2569-sonli qaroriga asosan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga jami 1,0 mlrd so‘mlik 4 ta loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq rejalari ishlab chiqildi va tegishli idoralar bilan kelishilib, 3 ta loyihaga ekspert xulosalari olindi. 2016 yil 12 dekabrda 1-loyiha “Yoqilg‘i-moylash materiallari sarfini nazorat qilish va avtotransportlarni sputnik tizimi orqali monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimi” to‘liq ishga tushirildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kompaniyaning rasmiy veb saytida kompaniya boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi;

- Kompaniyaning umumiy savollar bo‘yicha telefoni va ishonch telefoniga IVR tizimi o‘rnatilib, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish va baholash imkoniyati yaratildi;

- 2016 yilning iyul oyida Axborot xavfsizligini ta’minlash Markazi tomonidan kompaniya axborot tizimlarining axborot xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekpertiza o‘tkazildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi;

- “Samarqand Dori-Darmon” AJga qarashli 1-sonli markaziy dorixona faoliyatiga “M-Apteka plyus” ERP tizimi joriy qilindi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

 

28.02.2017

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 


«Dоri-Dаrmоn» Аksiyadorlik Kompaniyasi bоshqаruv rаisi

Kаmilоv Аbdug’аni Аbdurаhmоnоvich

 

«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida

2016 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan

ishlar natijalari to‘g‘risida tezkor ma’lumot

 

Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Umumiy tovar aylanmasi 2016 yilning 9 oyida 595,7 mlrd. so‘mdan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 120,1 foiz) iborat bo‘lib, ulgurji savdo 419,4 mlrd. so‘mni (o‘sish 120,8 foiz), chakana savdo 176,3 mlrd. so‘mni (o‘sish 118,4 foiz) tashkil etdi.

Hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi:

Farmatsevtika mahsulotlarining importi 66,5 mln. AQSh dollaridan iborat bo‘ldi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 99,2 foiz).

479,0 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport xizmatlari ko‘rsatildi.

Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 52,6 mlrd. so‘mlik (rejaga nisbatan 100,01 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 9,2 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi.

Kompaniya va uning bo‘linmalari tomonidan qator tashkilot va muassasalarga homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Jumladan:

- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va yolg‘iz pensionerlarni maxsus dori-darmon yig‘malari bilan bepul ta’minlash maqsadida 215,4 mln.so‘mlik 7300 dona dori qutilari (aptechkalar) tayyorlanib, respublika hududlarida manzilli ro‘yxatlar asosida tarqatildi;

- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 11 martdagi (06-03/1-754-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 80,0 mln.so‘m, 3 maydagi (06-03-36-05-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan “Xotira va qadrlash kuni” arafasida 60,0 mln.so‘m va 17 avgustdagi (06-03-36-5-sonli) yig‘ilishi bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida 90,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 apreldagi 2/101-sonli (01-07/1-110) yig‘ilish bayonnomasiga asosan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga 29,3 mln.so‘mlik va O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga 75,1 mln.so‘mlik dori vositalari berildi; Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 89a-sonli yig‘ilish bayoniga asosan O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasiga 734,2 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 6 iyundagi 06-02-1-43-sonli yig‘ilish bayoniga asosan Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent shahridagi sammiti doirasidagi tadbirlar uchun 52,8 mln.so‘m, 13 sentyabrdagi 05-01/1-144- sonli yig‘ilish bayoniga asosan 200,0 mln.so‘m va “Mehr-shavqat va salomatlik” jamoat fondiga 16 sentyabrdagi 14/1-72-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 80,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi;

- “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan “Salomatlik poyezdi”ga 74,1 mln. so‘mlik dori vositalari berildi;

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasiga 54,0 mln.so‘m; “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 31,0 mln.so‘m; “Ibn Sino” jamoat fondiga 12,0 mln.so‘m; sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muassasalar va sport federatsiyalariga 58,2 mln.so‘m; “Mehribonlik” uylari va nogironlar jamiyatlariga 25,6 mln.so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi asosida «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasining chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan. Bu rejaga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 120,1 foizga oshdi; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 37,6 mlrd.so‘mni, boshqa davolash-profilaktika muassasalariga – 8,9 mlrd.so‘mni, imtiyozli bemorlarga –3,2 mlrd.so‘mni tashkil qildi;

- Kompaniya tarkibidagi korxonalarda import o‘rnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 13,3 mlrd.so‘mga yetkazildi.

Samarqand shahridagi “Integra DD” MChJda infuzion eritmalarni ishlab chiqaruvchi yangi liniya ishga tushirildi, bu korxonada 5 turdagi yangi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda, ishlab chiqarilayotgan dori preparatlarining soni 16 taga yetdi.

Navoiy shahridagi “Avitsenna” MChJda 7 turdagi dori vositalarini (shu jumladan 1 turdagi yangi dori vositasini) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonada dorivor o‘simliklardan siroplar, nastoykalar va spirtli eritamalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo‘yicha 764,5 mln.so‘mlik uskunalar keltirilib, montaj qilindi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2016 yil 7 aprelda o‘tkazilgan 2-sonli (01-14/03-16-4) yig‘ilish bayoni hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 30 maydagi 50-sonli va 8 iyuldagi 67-a-sonli majlis bayonlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida 58 ta ijtimoiy dorixonalar tashkil qilindi;

- 2016 yilni o‘tgan davrida kompaniya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 108 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxdagi dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS” rusumli avtomobillarda qo‘shimcha ravishda 50 ta ko‘chma dorixona shaxobchalari tashkil qilinib, bunday dorixona shaxobchalarining soni 100 taga yetdi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi “2016-2018 yillarda iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-2569-sonli Qaroriga asosan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga jami 1,0 mlrd so‘mlik 4 ta loyihani amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 4 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha tarmoq rejalari ishlab chiqildi va tegishli idoralar bilan kelishildi;

- Kompaniyaning 120-48-48 raqamli umumiy savollar bo‘yicha telefoniga va 120-16-61 raqamli ishonch telefoniga IVR tizimi o‘rnatilib, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish va baholash imkoniyati yaratildi;

- 2016 yilning iyul oyida Axborot xavfsizligini ta’minlash Markazi tomonidan Kompaniya axborot tizimlarining axborot xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekpertiza o‘tkazildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

2016 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha tezkor ma’lumotga jadval va ma’lumotnoma-ob’ektivka ilova qilinadi, ilovalar ikki varaqdan iborat.

10.10.2016

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 


«Dоri-Dаrmоn» Аksiyadorlik Kompaniyasi bоshqаruv rаisi

Kаmilоv Аbdug’аni Аbdurаhmоnоvich

2016 yil 27 may matbout anjumani

Hurmаtli anjuman ishtirоkchilаri!

 

Assalomu alaykum, bugungi matbuot anjumani ishtirokchilari, hurmatli jurnalistlar. Bugungi o’tkazilaetgan tadbirimiz “Aholining sifatli dori vositalariga bo’lgan ehtiejini taminlash borasida amalga oshirilaetgan ishlar”, deb nomlangan bo’lib, tadbir doirasida sohamizda amalga oshiririlaetgan yangiliklar, soxadaga mavjud konunchilik, hamda uning bajarilishi borasidagi ishlar bilan sizni va siz orqali keng axolini tanishtirishdan iboratdir. Demak, barchangizdan bugungi tadbirda faol ishtirok etishingizni, uz fikringizni erkin baen etishingiz, xamda kiziktirgan savollar bilan murojaat kilishingizni suraymiz.

Mustaqillik yillarida yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida soғliqni saqlash tizimida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Xususan, qishloq vrachlik punktlari bazasi mustahkamlandi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ixtisoslashtirilgan markazlar hamda sohada yangi — shoshilinch tibbiy xizmat tizimini tashkil qilish, kadrlar tayerlash va farmatsevtika sohasini rivojlantirish kabi yo’nalishlarda salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi.

“Dori-darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi farmatsevtika bozorida ishonch bilan faoliyat yuritib kelaetgan va izchil rivojlanaetgan, 90 yildan ortiq davrdan beri respublika aholisi va davolash-profilaktika muassasalarini keng turdagi sifatli dori vositalari bilan taminlaetgan ulgurji-chakana korxonalardan biri hisoblanadi.

Hozirda kompaniya tarkibida 8 ta aktsiyadorlik va 12 ta masuliyati cheklangan jamiyatlar, 17 ta dorilar omborxonasi, 15 ta nazorat-tahlil laboratoriyasi hamda respublikamizning barcha hududlarida jami 1400 dan ortiqa dorixona muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, kompaniya tarkibidagi dorixona muassasalarining 76 foizga yaqini qishloq joylarida, shu jumladan 749 tasi qishloq vrachlik punktlarida (QVP) joylashgan.

Qishloq aholisini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taminlash uchun 2015 yilda QVPlardagi dorixona shaxobchalaridan 20,6 mlrd.so’mlik savdo amalga oshirildi.

Chekka hududlardagi qishloq aholisini dori vositalari bilan taminlanishini yanada yaxshilash maqsadida, hukumat qaroriga asosan 2010 yildan boshlab maxsus jihozlangan "ISUZU" rusumli izotermik avtofurgonlarda 14 ta ko’chma dorixonaning faoliyati yo’lga qo’yilgan edi. Bundan tashqari, 2014-2016 yillarda “DAMAS” rusumli avtomashinalar negizida qo’shimcha ravishda yana 100 ta ko’chma dorixonalar tashkil etildi. Hozirda mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan jadval asosida ko’chma dorixonalar orqali respublikamizning chekka hududlaridagi aholiga kerakli dori vositalari va tibbiy buyumlar etkazilmoqda. Jumladan, ko’chma dorixonalardan 2015 yilda 4,64 mlrd. so’mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi amalga oshirildi.

«Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasining omborxona va dorixona muassasalarida zamonaviy dori vositalarini keng assortimentda (2,5 mingdan ortiq nomdagi) hamda arzon narxlarda doimiy mavjudligi aholi va byudjet tashkilotlari uchun etiborlidir. Yildan-yilga farmatsevtika mahsulotlari bilan taminlash o’sib bormoqda, jumladan ulgurji savdo hajmi 2014 yilda 367,8 mlrd. so’mni va 2015 yilda 474,8 mlrd.so’mni tashkil qildi; chakana savdo hajmi esa 2014 yilda 150,9 mlrd. so’mdan, 2015 yilda 203,7 mlrd.so’mdan iborat bo’ldi.

Samarqand shahridagi ampulali dori preparatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “INTEGRA DD” MChJ korxonasida hozirda 10 turdagi dori preparatlarini ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Soғliqni saqlash vazirligiga yana 7 turdagi dori vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlar topshirildi. Korxonada 100 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi; ISO:9001 sifatni boshqarish tizimi joriy qilindi va tegishli sertifikat olindi. Korxona tomonidan 2015 yilda 5,1 mlrd.so’mlik 2,0 million upakovka, joriy yilning 1-choragida 1,5 mlrd.so’mlik 925 ming upakovka dori vositalari ishlab chiqarildi.

«Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy bo’linmalari Soғliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining asosiy taminotchisidir. 2015 yilda vazirlik tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga 49,8 mlrd.so’mlik, boshqa davolash muassasalariga 9,9 mlrd.so’mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar realizatsiya qilingan. Bundan tashqari, kompaniya bir necha yillardan beri Soғliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarini ijtimoiy kasalliklarni davolashda qo’llaniladigan dori vositalari bilan taminlash bo’yicha tender shartnomalarining ijrochisi hisoblanadi. Soғliqni saqlash vazirligining taqsimotiga binoan 2014 yilda 8,7 mlrd. so’mlik, 2015 yilda 14,6 mlrd. so’mlik tender shartnomalari bo’yicha keltirilgan haetiy zarur dori vositalari respublikamizning barcha hududlariga etkazib berildi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash va import o’rnini qoplash yuzasidan hukumat dasturi ijrosini taminlash maqsadida kompaniya Respublika kooperatsiya birjasida muntazam ishtirok etadi. Birja doirasida tuzilgan shartnomalar bo’yicha 2015 yilda 55,92 mlrd.so’mlik mahsulotlar xarid qilindi. Bundan tashqari, mazkur birja ishida qatnashmagan boshqa mahalliy korxonalardan bu davrda 8,2 mlrd. so’mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi 204-sonli qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiezli taminlanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifalari ro’yxati tasdiqlangan bo’lib, ularning dori-darmonlar uchun sarflanadigan xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Bu toifalarga kiruvchi bemorlarga kompaniya tizimidagi dorixonalardan 2015 yilda 3,1 mlrd.so’mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar bepul retseptlar bo’yicha berilgan.

Aholining dori vositalariga bo’lgan ehtiejini to’laroq qondirish maqsadida kompaniya dorixonalarida shifokorlar retseptlari bo’yicha dori turlarini tayerlash yo’lga qo’yilgan bo’lib, dorixonalarda 2015 yilda 2,3 mlrd.so’mlik ekstemporal mahsulotlar tayerlangan.

Hozirgi paytda «Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasi tizimida 4200 dan ortiq xodimlar ishlamoqda, mutaxassislarning malakasini oshirishga ham alohida etibor qaratilgan. Respublika hukumatining qarorlarini bajarish maqsadida yil sayin yangi ish o’rinlari yaratilmoqda, jumladan kompaniya va uning hududiy bo’linmalari tomonidan 2015 yilda 168 ta, joriy yilning 1-choragida 36 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

“Ahbor Reyting” reyting agentligi 2015 yil yakunlari bo’yicha «Dori-Darmon» aktsiyadorlik kompaniyasining kredit reytingi yuqori “uzA+” Milliy shkalasiga muvofiqligini tasdiqladi, bu esa kompaniyaning qarzdorlik majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarish bo’yicha yuqori laeqatga egaligini ko’rsatadi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni – umumxalq bayrami arafasida kompaniya tomonidan 215,0 mln.so’mlik 7000 dona maxsus dori-darmon yiғmalari (aptechkalar) tayerlanib, mamlakatimizdagi 1941-1945 yillar urushi qatnashchilari va elғiz pensionerlarga manzilli ro’yxatlar asosida etkazib berildi.

Kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlarda korporativ bosh¬qaruv tizimidagi printsip va endashuvlarni tubdan o’zgartirishga alohida etibor berilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’ғrisida»gi 2015 yil 21 dekabrdagi qaroriga asosan «Dori-Darmon» AK tizimidagi 6 ta aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalar paketida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo’lmasligi belgilangan edi. Ayni paytda kompaniya tomonidan ushbu vazifa to’liq bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 apreldagi “Dorivor o’simliklar asosida dori vositalarini va biologik faol qo’shimchilarni (BFQ) mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to’ғrisida”gi 32-sonli yiғilish baeniga muvofiq, 2015-2017 yillar davomida “Dori-darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan dorivor o’simliklar xom ashesini birlamchi va chuqur qayta ishlash va qadoqlash bo’yicha umumiy qiymati 12,2 mln.AQSh dollari miqdoridagi 65 ta loyihani amalga oshirish ko’zda tutilgan edi. Shundan bugungi kunga nisbatan 8,7 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablaғlar o’zlashtirildi:

2015 yilda Respublikamizning barcha viloyatlarida 51 ta qadoqlash tsexi va 5 ta loyiha ishga tushirildi va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olindi. Ular tomonidan jami 72 turdagi dori vositalari va 13 turdagi biologik faol qo’shimchalar ro’yxatdan o’tkazildi va ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

2016 yilda mahalliy dorivor o’simliklar asosidagi import o’rnini bosuvchi, eksport salohiyati yuqori bo’lgan dori vositalarini ishlab chiqarishga 5 ta farmatsevtika sohasiga oid loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan:

- Qarshi shahrida dorivor va ozuqabop o’simlik xom ashesi asosida dori vositalari (dorivor o’simliklar yiғmalari, BFQ, fitochoy) ishlab chiqarishni tashkil etish. Smeta qiymati bo’yicha 975,5 mln. so’mlik qurilish ishlari bajarildi. 240,0 ming AQSh dollari miqdorida uskunalar keltirildi va montaj ishlari boshlandi. Loyiha 2016 yilning iyun oyida ishga tushiriladi.

- Surxondare viloyati Boysun tumanida dorivor o’simlik va giehlar asosida dori vositalarini va BFQ ni ishlab chiqarish uchun binoni tamirlashga 500 mln. so’m sarflandi. 80,0 ming AQSh dollariga teng ishlab chiqarishga kerakli texnologik qurilmalar etkazib berish bo’yicha shartnomalar imzolandi. Loyiha 2016 yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi.

- Namangan shahrida dorivor moylarni ishlab chiqarish va qadoqlash bo’yicha qiymati 310,0 ming AQSh dollariga teng uskunalarga shartnoma imzolandi. Ishlab chiqarish binosida 100,0 mln so’mlik tamirlash ishlari amalga oshirildi. Loyiha 2016 yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi.

- Farғona viloyati Rishton tumanida infuziya eritmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha ishlab chiqarish quvvati – 10,0 mln.flakon bo’lgan umumiy qiymati 3,0 mln.AQSh dollariga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirilishi uchun kerakli bo’lgan infratuzilmalar mavjud bo’lgan er uchastkalarni ajratish masalalari echilmoqda.

- Navoiy shahridagi “Avitsenna” MChJda dorivor o’simliklardan siroplar, nastoykalar va spirtli eritmalar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 125,0 AQSh dollariga teng asbob-uskunalar keltirildi hamda montaj ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish binolariga 390,0 mln. so’mlik rekonstruktsiya va remont ishlari amalga oshirildi. Loyiha 2016 yilning avgust oyida ishga tushiriladi.

Tashkil etilgan va yangi tashkil etilaetgan korxonalar tomonidan jami 423 tonna o’simlik xom ashelarini birlamchi va chuqur qayta ishlash ko’zda tutilgan. Hozirgi kungacha o’rmon xo’jaliklari bilan tuzilgan shartnomalarning umumiy qiymati 910,0 mln.so’mni tashkil qildi va 317 mln.so’m oldindan to’lov amalga oshirildi.

2016 yilning yakunigacha respublikamiz hududlarining 129 ta tuman markazlaridagi “Dori-Darmon AK tizimidagi jamiyat dorixonalari qoshida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish rejalashtirildi, shundan 58 tasi mustaqillik bayramimizning 25 yillik arafasida yo’lga qo’yiladi.

Ko’p yillar davomida farmatsevtika bozoridagi barqaror ishtiroki hamda keng assortimentdagi farmatsevtika mahsulotlarining doimiy mavjudligini taminlash, hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va dori bozoriga yangi dori vositalarini kiritish kabi ishlar «Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasiga respublikamizning farmatsevtika bozorida etakchi o’rinni egallash imkoniyatini bermoqda.

Etiboringiz uchun rahmat!

27.05.2016

Kоmpаniyaning mаtbuоt-хizmаti

Tеl: +998 71 281 41 29

 

«Dоri-Dаrmоn» Аksiyadorlik Kompaniyasi bоshqаruv rаisi

Kаmilоv Аbdug’аni Аbdurаhmоnоvich

“Dоri-Dаrmоn” аksiyadоrlik kоmpаniyasi tоmоnidаn 2015 yil dаvоmidа аsоsiy ko’rsаtkichlаrning bаjаrilishi

Hurmаtli mаjlis ishtirоkchilаri!

 

«Dоri-Dаrmоn» аksiyadоrlik kоmpаniyasi  tizimidа 2015 yildа umumiy tоvаr аylаnmаsi 678,6 mlrd. so’mdаn (o’tgаn yilgа nisbаtаn o’sish 130,8 fоiz) ibоrаt bo’lib, ulgurji sаvdо  474,9 mlrd. so’mni (o’sish 129,1 fоiz), chаkаnа sаvdо  203,7  mlrd. so’mni (o’sish 135,0 fоiz) tаshkil etdi. 933,6 ming  АQSh  dоllаri  miqdоridаgi  ekspоrt  хizmаtlаri  ko’rsаtildi.

Kооpеrаtsiya birjаsi dоirаsidа mаhаlliy ishlаb chiqаruvchilаr bilаn tuzilgаn shаrtnоmаlаr bo’yichа 55,92 mlrd.so’mlik mаhsulоtlаr (rеjаgа nisbаtаn 100,2 fоiz), bоshqа mаhаlliy kоrхоnаlаrdаn 8,2 mlrd. so’mlik dоri vоsitаlаri vа tibbiy buyumlаr хаrid qilindi.

 

 “2015 yil – Kеksаlаrni e’zоzlаsh yili” Dаvlаt dаsturining 25-bаndigа binоаn, “Dоri-Dаrmоn” аksiyadоrlik kоmpаniyasigа 1941-1945 yillаrdаgi urush qаtnаshchilаrini, shuningdеk yolg’iz pеnsiоnеrlаrni mаnzilli ro’yхаtlаr аsоsidа  mахsus dоri-dаrmоn yig’mаlаri (оg’riqlаntiruvchi vоsitаlаr, spаzmоlitiklаr, gipоtеnziv prеpаrаtlаr vа bоshqаlаr) bilаn bеpul tа’minlаsh vаzifаsi yuklаtilgаn. Mаzkur bаnd ijrоsini tа’minlаsh mаqsаdidа “Nurоniy” jаmg’аrmаsi rаhbаriyatining tаkliflаrini inоbаtgа оlgаn hоldа dоri vоsitаlаrining ro’yхаti bеlgilаnib, 182,2 mln.so’mlik 8000 dоnа dоri qutilаri (аptеchkаlаr) tаyyorlаndi. Bu dоri qutilаri  bilаn rеspublikа hududlаridаgi 1941-1945 yillаr urushi qаtnаshchilаri vа yolg’iz pеnsiоnеrlаr mаnzilli ro’yхаtlаr аsоsidа  bеpul tа’minlаndilаr.

 

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2015 yil 21 аprеldаgi “Dоrivоr o’simliklаr аsоsidа dоri vоsitаlаrini vа biоlоgik fаоl qo’shimchilаrni (BFQ) mаhаlliy kоrхоnаlаrdа ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to’g&rsquo

4812
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.