12:09 (05.05.2023)

2210

3 oyda isteʼmolchilarga 418 milliondan ortiq elektron chek berildi

2023 yil 1 may holatiga chakana savdo va xizmat koʼrsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln soʼmlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi. Bu haqda Soliq qoʼmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd soʼm keshbek hisoblandi.

Roʼyxatga olingan marketpleyslar – 137 ta. Jumladan:

Elektron toʼlov tizimlari – 47 ta
— Toʼliq integratsiya qilingan – 31 ta (66%);
— Integratsiya jarayonida – 11 ta (23%);
— Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 5 ta (11%).

Bank mobil ilovasi – 33 ta
— Toʼliq integratsiya qilingan – 27 ta (82%);
— Integratsiya jarayonida – 4 ta (12%);
— Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 2 ta (6%).

Internet doʼkonlar – 57 ta
— Toʼliq integratsiya qilingan – 18 ta (32%);
— Integratsiya jarayonida – 33 ta (58%);
— Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 6 ta (10%).

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech