11:58 (26.09.2024)

79

3 turdagi 1048 o‘ram qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanmasining oldi olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahri hamda Toshkent, Namangan, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida olingan farmatsevtika mahsulotlari Markaz laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkazildi.

580 turdagi 6263 o‘ram jumladan:

310 turdagi 2285 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan;

215 turdagi 2765 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;

52 turdagi 165 o‘ram — yaroqlilik muddati tugagan, sifatsiz;

3 turdagi 1048 o‘ram (Aktovegin 40 mg 5 ml №5 ampula, Zardeks 300 mg kapsula, Regapen 300 mg kapsula) qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkinmasligi bo‘yicha xulosa berildi.

Hamda sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech