Yangiliklar

not found

Britaniyalik 500 ming ko‘ngillining tibbiy ma’lumotlari Xitoyning Alibaba platformasida sotuvga qo‘yildi

Buyuk Britaniyaning UK Biobank loyihasi ishtirokchilaridan olingan tibbiy ma’lumotlar atrofidagi vaziyat jamoatchilik e’tiborini tortdi. UK Biobank — dunyodagi eng yirik biologik, tibbiy va xulq-atvorga oid ma’lumotlar bazalaridan biri bo‘lib, unda yuz minglab ko‘ngillilar sog‘lig‘iga oid ma’lumotlar yig‘ilgan. Ushbu baza butun dunyo olimlari tomonidan turli ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladi. Buyuk Britaniyaning raqamli texnologiyalar bo‘yicha vaziri Ian Murrey bildirishicha, 20 aprel kuni hukumatga UK Biobank ma’lumotlari Xitoydagi Alibaba elektron savdo platformalarida bir nechta e’lon orqali sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur ma’lumotlar orasida ishtirokchilarning ismlari, manzillari, telefon raqamlari va boshqa shaxsiy identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar mavjud emas. «Uchta e’lon aniqlangan bo‘lib, ularda UK Biobank ishtirokchilarining ma’lumotlari sotilayotgandek ko‘rinadi. Kamida bitta to‘plamda 500 000 nafar barcha ko‘ngillilarning ma’lumotlari mavjud bo‘lishi mumkin”, — dedi u. Hukumat ma’lumotlar sotuvchi bilan bog‘lanib, e’lonlar olib tashlangunga qadar hech qanday xarid amalga oshirilmaganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya hukumati Xitoy tomoni va platforma ma’muriyati bilan hamkorlik qilib, e’lonlarni tezkor ravishda o‘chirishga erishgan. UK Biobank rahbari ser Rori Kollinz ishtirokchilarga yo‘llagan murojaatida ushbu holat uchun uzr so‘rab, shaxsiy ma’lumotlar xavfsiz saqlanayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ushbu voqeadan so‘ng tizim xavfsizligini yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Hozirda UK Biobank tadqiqot platformasiga kirish vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyatlari qat’iy cheklanmoqda. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, ma’lumotlar qonuniy asosda uchta ilmiy muassasa tadqiqotchilariga berilgan, ammo keyinchalik ular tashqi savdo platformasida paydo bo‘lgan. Bu holat shartnoma shartlarini buzish sifatida baholansa-da, tashkilot tomonidan ma’lumotlar o‘g‘irlanmagani ta’kidlanmoqda. UK Biobank — bu tibbiy tadqiqotlar uchun katta ahamiyatga ega platforma bo‘lib, uning ma’lumotlari genetika, kasalliklarning oldini olish va jamoat salomatligini yaxshilash yo‘nalishlarida faol qo‘llaniladi.

  • 29 Aprel, 09:08
  • Batafsil
not found

JSST chaqaloqlar uchun bezgakka qarshi ilk dori vositasini tasdiqladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) chaqaloqlar uchun maxsus ishlab chiqilgan ilk bezgak dori vositasini ma’qulladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy bayonotida ma’lum qilingan. Artemeter va lyumefantrin birikmasidan iborat ushbu yangi dori vazni 5 kilogrammdan kam bo‘lgan chaqaloqlar uchun xavfsiz deb topilgan birinchi preparatdir. Shu vaqtgacha chaqaloqlar yoshi kattaroq bolalar uchun mo‘ljallangan dorilar bilan davolanib kelingan. Bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda dori dozasini belgilashda xatolikka yo‘l qo‘yish va organizmning zaharlanish xavfini yuzaga keltirgan. JSSTning ushbu qarori ortidan davlatlarga to‘liq klinik sinovlar o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa ham, doridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. BMT agentliklari bezgak keng tarqalgan hududlar uchun ushbu dori vositasini sotib olishi va tarqatishi mumkin. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar hamon eng zaif qatlam bo‘lib qolmoqda. Bezgakdan o‘lim holatlarining qariyb 70 foizi aynan shu yoshdagi bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bezgak homiladorlikka ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Har yili ushbu kasallik tufayli: - 10 ming nafar ona vafot etadi; - 200 ming nafar bola o‘lik tug‘iladi; - 550 mingga yaqin chaqaloq juda kam vazn bilan dunyoga keladi. Dunyo va Afrikadagi vaziyat 2000-yildan beri global harakatlar natijasida 14 millionga yaqin o‘lim holatining oldi olindi. Shunga qaramay, bezgak hamon jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. 2024-yilda dunyo bo‘ylab 282 millionga yaqin kasallanish va yarim milliondan ortiq o‘lim holati qayd etildi. Dunyodagi barcha bezgak holatlarining va o‘limning o‘ndan to‘qqiz qismi Sahroyi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Yangi dori ushbu qit’ada har yili tug‘iladigan 30 million chaqaloqni davolashdagi bo‘shliqni to‘ldiradi. Shuningdek, aprel oyida JSST bezgakning aniqlash qiyin bo‘lgan yangi turlariga qarshi uchta yangi tezkor testni tasdiqladi. Afrika shoxi mamlakatlari (Efiopiya, Somali, Eritreya, Jibuti)da bezgak parazitlari o‘zgargani sababli testlar 80 foiz holatda kasallikni ko‘rsatmayotgan edi (yolg‘on manfiy natija). Bu esa davolashni kechiktirib, o‘lim xavfini oshirgan. JSST 2021-yilda birinchi bezgak vaksinasidan foydalanishni tavsiya qilgan. Hozirda ushbu vaksina Afrikaning bir qator davlatlarida keng miqyosda qo‘llanmoqda.

  • 27 Aprel, 13:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech