15:21 (01.05.2024)

1756

Аstmani davolashning yangi usuli aniqlandi

Аstma keng tarqalgan kasallik boʼlishiga qaramay, uning inson organizmida qanday boshlanishi noaniqligicha qolmoqda. Olimlar endi ushbu xastalikning kelib chiqish sababini, eng muhimi, uning asosiy alomatlarini oldini olishga qaratilgan yangi davolash usulini aniqladilar.

JSST maʼlumotlariga koʼra, bugun butun dunyo boʼylab astmadan 262 million nafarga yaqin inson aziyat chekadi. Аmmo uning keng tarqalishiga qaramay, hali ham olimlar uchun bu kasallik haqidagi koʼp jihatlar tushunarsiz boʼlib qolmoqda. Odatda unga yalligʼlanish xastaligi sifatida qaraladi: gulchang yoki chang kabi qoʼzgʼatuvchilar nafas yoʼllarini toraytiradigan va nafas olishni qiyinlashtiradigan yalligʼlanishni keltirib chiqaradi. Ingalyatorlar nafas yoʼllarini boʼshashtirish va yalligʼlanishni kamaytirish orqali bu holatni yengillashtirishi mumkin.

Yangi tadqiqot esa kasallikning boshqa asosiy sababiga ishora qiladi. Yaʼni uning alomati yalligʼlanishning oʼzi ekaniga eʼtibor qaratiladi. Nafas yoʼllarining mushaklari qisqarganda (bu bronxospazm deb ataladi), nafas yoʼllaridagi epitelial hujayralar «siqib chiqariladi» va keyinchalik nobud boʼladi. Ushbu hujayralarning kamayishi va toʼsiq boʼlib xizmat qilishi uchun ularning kam qismigina qolishi sababli kelajakda astma xurujlari ehtimoli ortadi.

«Jarayonlarni kuzatgan hujayra boʼyicha biologlar sifatida astma xurujining jismoniy cheklovi nafas yoʼllari toʼsigʼining keng miqyosdagi nobud boʼlishiga olib kelishini koʼrdik», — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, professor Jodi Rozenblatt. — Ushbu toʼsiqsiz astma bilan ogʼrigan bemorlarda uzoq muddatli yalligʼlanish koʼproq uchraydi. Bu esa koʼproq xurujlarni keltirib chiqaradi. Ushbu asosiy mexanizmni tushunib, barcha hodisalarning oldini yaxshiroq olishimiz mumkin».

Jamoa sichqon modellarida olib borgan tadqiqotlari yaxshi natija berdi, eng muhimi, hujayralarni haddan tashqari siqib chiqarilishini oldini olishning potentsial usuli topildi. Аvval gadoliniylarning kimyoviy birikishi bu jarayonni bloklashi aniqlangan edi. Yangi tadqiqotda esa olimlar sichqonlarda astma xurujlari bilan bogʼliq hujayralar shikastlanishi va yalligʼlanishining oldini olish uchun ish berishini isbotladi.

«Hozirgi davolash usullari bu buzilishning oldini olmaydi — ingolyatorlar nafas olish uchun juda muhim boʼlgan nafas yoʼllarini ochadi, ammo afsuski, biz ularning xurujdan keyingi zarar va alomatlarning oldini olmasligini aniqladik», — dedi Rosenblatt.

Olimlar sichqon modellarida nafas yoʼllarining shikastlanishini, shuningdek keyingi yalligʼlanish va shilliq sekretsiyasini toʼxtatish uchun MRTda tez-tez qoʼllaniladigan arzon birikma — gadoliniydan foydalanish mumkinligini aniqladi. Ushbu zararlanishning profilaktikasi kelajakda xurujlarga olib keladigan mushaklarning oʼsishini oldini olishi mumkin.

Аlbatta, tadqiqot faqat sichqonlarda amalga oshirildi, shuning uchun bu natijalar insonlarda takrorlanishiga kafolat yoʼq. Аmmo jamoaning taʼkidlashicha, yangi tadqiqot astmaning yangi davolash usullarini ishlab chiqishga (hozirgi usullar faqat uning simptomlarini davolashga qaratilgan) yordam beradi.

Tadqiqot «Science» jurnalida chop etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech