15:03 (11.02.2025)

701

Dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan arizalar qancha muddatda koʻrib chiqilishi kerak?

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnoma berish Davlat markazi tomonidan  amalga oshiriladi. 

Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza Davlat markazi tomonidan ariza quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi: 

15 ish kuni — tan olish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladigan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlari;

50 kun — dori moddalari (substansiyalar) uchun;

60 kun – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari uchun;

120 kun — qadoqlangan va oʻrash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor oʻsimlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bogʻlov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olishga moʻljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar.

155 kun — qolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.

  Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Davlat markazi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech