11:14 (14.02.2025)

508

Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reestri ochiq holda yuritiladi

Hukumat qarori (66-son, 06.02.2025-y.) bilan “Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

Mazkur reestr Adliya vazirligi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda belgilangan shaklda yuritiladi.

✔️ Reestrni shakllantirish va yuritish nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash, ularni qayta koʻrib chiqish va yangilab borishni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi takrorlanadigan va dolzarbligini yoʻqotgan omillarni bekor qilish hamda eʼlon qilib borish jarayonlarini qamrab oladi.

Reestrni yuritishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

▪️nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni taʼminlash;
▪️tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
▪️tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy toʻxtatish holatlarining oldini olish;
▪️davlat tomonidan nazorat qilish tizimining hisobdorligi va shaffofligini taʼminlash.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech