11:51 (29.10.2024)
448
Sun’iy intellekt - bu shunchaki fantastik kitoblar yoki filmlardagi atama emas. U asta-sekin hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va farmatsevtika sohasiga ham kirib kelmoqda.
Bugungi kunda sun’iy intellekt farmatsevtikada qanday muammolarni hal qilishga yordam berishini aytib beramiz.
Yangi dori vositalarini ishlab chiqish
Algoritmlar katta hajmdagi kimyoviy ma’lumotlarni tahlil qiladi va keyingi tadqiqotlar uchun potensial faol birikmalarni bashorat qiladi. Ilgari yillar davom etishi mumkin bo‘lgan jarayon endi ancha qisqa vaqt ichida amalga oshirilmoqda.
O‘zaro ta’sirni tahlil qilish
Sun’iy intellekt potensial birikmalarning biologik nishonlar - oqsillar va retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirini tahlil qiladi. Bu yanada istiqbolli dori vositalarini ishlab chiqishga e’tibor qaratish, shuningdek, klinik sinovlar paytida xavflarni kamaytirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish
Sifat nazoratini avtomatlashtirish xatolar ehtimolini kamaytiradi. Kompyuter algoritmlari dori-darmonlardagi nuqsonlarni topishi, parametrlarni tezda to‘g‘rilashi va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishning oldini olishi mumkin.