17:44 (12.02.2025)

810

Hamkorlik shartnomasi imzolandi

"Kedrion Biopharma" kompaniyasining vakillari - vitse-prezidenti Ferdinando Borgese, mintaqalararo tijorat direktori Duccio Manetti, Sharqiy Yevropa tijorat direktori  Aleksandar Marinkovich “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Dori-Darmon” AK boshqaruv Raisi Mirzanozim Mirzabekovich, kuzatuv kengashi raisi Farhod Faradeyevich kompaniya va tarkibidagi jamiyatlar faoliyati, xususan, kompaniya 100 dan ortiq mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda ishlab kelayotganligi, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlashda yetakchi o‘rinda turishi, farmatsevtikani rivojlantirish borasida hukumat tomonidan berilayotgan keng e’tibor haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘z o‘rnida "Kedrion Biopharma" vakillari ham kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan preparatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, Kedrion Biopharma O‘zbekistonga kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega, zarur dori vositalarini hamyonbop narxlarda yetkazib berish va qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Kedrion Biopharma— qon ivishining buzilishi, nevrologik kasalliklar, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi immunitet tanqisligi kabi kam uchraydigan, og‘ir kasalliklarni davolash va oldini olish uchun plazma asosidagi terapevtik vositalarni ishlab chiqarish va butun dunyo bo‘ylab tarqatish uchun qon plazmasini yig‘ish va fraksiyalarga ajratish bilan shug‘ullanadigan, Italiyaning biofarmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi.

Kompaniyani Yevropa va Shimoliy Amerikaning 5 ta mamlakatida 7 ta ishlab chiqarish zavodlari  mavjud. Qo‘shma Shtatlar va Chexiyada plazma yig‘ish markazlarini boshqaradi va mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga tarqatiladie. Ushbu ko‘rsatkichlar bilan "Kedrion Biopharma" plazmadan olingan mahsulotlari bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallaydi.

Uchrashuv yakunida “Dori-Darmon” AK va "Kedrion Biopharma" o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech