08:41 (29.10.2024)

421

Rossiyada kuniga 1150 nafar yangi qandli diabet holati aniqlanmoqda

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada har kuni 1150 ta yangi qandli diabet holatlari qayd etilmoqda.

Bemorlarning yillik o‘sishi Kaliningrad, Cheboksari yoki Bryansk kabi shaharlar aholisi soni bilan teng. Qandli diabetning ikkinchi turi eng ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi, dedi Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari Natalya Mokrisheva.

Statistik ma’lumotlar kasallikning semizlik bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi, har uchinchi rossiyalik undan aziyat chekadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Ortiqcha vaznli bemorlarning 30% da qandli diabetning ikkinchi turi rivojlanadi. Kasallik ko‘plab asoratlar, asosan yurak-qon tomir kasalliklari bilan tavsiflanadi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda o‘limning yarmi o‘tkir yurak-qon tomir hodisalari, shu jumladan infarktlar va insultlar bilan bog‘liq.

Kasallikning o‘sishiga qarshi kurashish uchun Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatning barcha hududlarida endokrinologiya markazlari tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Buning uchun 3,6 milliard rubl (tahminan 3.7 mln AQSh dollari) kerak bo‘ladi. Shundan bir qismi endokrinologiya markazlari va bemorlar uchun maktablar tashkil etishga, qolgan qismi mavjud ixtisoslashtirilgan markazlarni modernizatsiya qilishga yo`naltiriladi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech