08:59 (05.05.2023)
2377
Oʼzbekistonda 9 may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash belgilandi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Qayd etilishicha, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln soʼm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʼliq boʼlgan sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi.