08:50 (23.10.2024)

528

Shifokorlar xolesterinni kamaytiruvchi ikkita mahsulot nomini aytishdi

Mevalarni kuniga ikki marta iste’mol qilish yomon xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, sitrus mevalariga taalluqli — apelsin va mandarinlarda past zichlikdagi lipoproteinlarni ajralishiga yordam beradigan pektin ko‘p miqdorda mavjud. Xuddi shu narsa arteriyalarni to‘sib qo‘yadi, yurak xastaliklarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Shifokorlar ertalab va kechqurun meva yeyishni maslahat berishdi. Shuningdek, yomon xolesterinning oldini olish uchun zaytun moyi va yong‘oqlardan o‘simlik yog‘larini olish tavsiya etiladi. Omega-3 yog‘ kislotalari ham xolesterin darajasini tartibga solib turadi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlarlarni kamaytirish va ratsionga ko‘proq xolestrinni kamaytirishga yordam beradigan mahsulotlarni qo‘shish kerak. Bu xolesterin darajasini boshqarishning eng oddiy usulidir.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, xolesterin miqdori yuqori bo‘lsa, menyudan mol miyasi, jigar, buyrak, o‘pka, tuxum sarig‘i, ikra, baliq jigari, pishloq, sariyog‘, margarin, kolbasa mahsulotlari, yog‘li go‘sht kabi mahsulotlarni kamaytirish muhim.

Mutaxassislarning eslatishicha, harakatsiz turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha vazn xolesterinning oshishiga olib keladi. Yomon odatlar ham bunga hissa qo‘shadi.

Shifokorlar, shuningdek, xolesterinning normal darajasi organizm uchun muhim ekanligini ta’kidladi, chunki modda jinsiy gormonlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi, safro kislotalari sintezi, D guruhi vitaminlarini ishlab chiqarish uchun zarur.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech