12:00 (29.11.2024)

94

Yer yuzi aholisining qariyb yarmi ogʻiz boʻshligʻi kasalliklaridan aziyat chekmoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga koʻra, ogʻiz boʻshligʻi patologiyalari — yuqumli boʻlmagan kasalliklarning eng keng tarqalgan  turlaridan biri va erta bosqichlarda oldini olish va davolash mumkin. Hozir dunyo boʻyicha taxminan 3,5 milliard odam shunday xastaliklardan aziyat chekmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, dunyo boʻylab 2 milliard odamning doimiy tishlarida kariyes, 514 million bolaning esa sut tishlarida kariyes bor.

Buning asosiy sababi, avvalo, tish parvarishiga eʼtiborsizlik, shuningdek organizmda ftorning etarli emasligi, shakarga boy arzon oziq-ovqat mahsulotlarining koʻpayishi va mahalliy darajada birlamchi stomatologik yordamning cheklanganligi bilan bogʻliq

Periodontal kasallik (milk kasalligi) 

Periodontal kasallik tishlarni oʻrab turgan va qoʻllab-quvvatlaydigan toʻqimalarga taʼsir qiladi. Periodontal kasallikning belgilari qon ketishi yoki milkning shishishi (gingivit), ogʻriq va baʼzi hollarda ogʻizdan yomon hid kelishi. Kasallikning yanada ogʻir shakllarida milk  tishlardan va tishlarni qoʻllab-quvvatlovchi suyakdan uzoqlashishi mumkin, bu esa tishlarning boʻshishishi va baʼzi hollarda tushishiga olib kelishi mumkin. 

 Hisob-kitoblarga koʻra, ogʻir periodontal kasallik bilan dunyo aholisining 19 foizi aziyat chekadi, bu 1 milliarddan ortiq holatni tashkil qiladi. Periodontal kasallikning asosiy sababi ogʻiz boʻshligʻi gigenasiga eʼtiborsiz va tamaki isteʼmolidir. 

Edentulizm (tishlarning toʻliq tushishi) 

Tishlarning tushishi odatda ogʻiz boʻshligʻining uzoq muddatli kasalliklari, asosan rivojlangan tish kariyesi va ogʻir periodontal kasallikning yakuniy natijasidir, ammo tish shikastlanishi va boshqalar ham sabab boʻlishi mumkin. Butun dunyo boʻylab 20 va undan katta yoshdagi odamlarning 7 foizi edentulizmdan aziyat kechadi.  60 yosh va undan katta yoshdagi guruhlarda bu holat 23% ni tashkil qiladi. Tishlarning tushishi psixologik travma, ijtimoiy muammolar va funksional cheklovlarga olib kelishi mumkin. 

Ogʻiz boʻshligʻining onkologik kasalliklari 

Ogʻiz boʻshligʻining onkologik kasalliklari  lab saratoni, ogʻizning boshqa joylari va orofarenks saratonini oʻz ichiga oladi va birgalikda dunyodagi eng keng tarqalgan saraton kasalliklari orasida 13-oʻrinni egallaydi.

 2020-yilda lab va ogʻiz boʻshligʻi saratoni bilan kasallanishning global darajasi 377 713 yangi holat va 177 757 oʻlimni tashkil etdi. Ogʻiz boʻshligʻining onkologik kasalliklari erkaklar va keksa odamlarda tez-tez rivojlanadi, erkaklarda oʻlim darajasi ayollarga qaraganda yuqori va ularning paydo boʻlish chastotasi koʻp jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bogʻliq. Ogʻiz boʻshligʻi saratonining asosiy sabablari orasida tamaki va spirtli ichimliklardan foydalanish kiradi. 

Tish jarohati

Tish jarohati — bu tish, ogʻiz va ogʻiz boʻshligʻining shikastlanishi. Soʻnggi hisob-kitoblarga koʻra, 1 milliard odam ushbu muammodan aziyat chekmoqda va 12 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida uning tarqalishi 20% ni tashkil qiladi. Tish jarohatlariga  masalan, xavfli oʻyin maydonchalari jihozlari, xavfli xatti-harakatlar, yoʻl-transport hodisalari va zoʻravonlik sabab boʻlishi mumkin. Tish jarohatlarini davolash qimmat va koʻp vaqt talab etadi va hatto tishlarning yoʻqolishiga, yuz nuqsonlariga, psixologik rivojlanishga va hayot sifatiga olib kelishi mumkin. 

Xavf omillari 

Ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari va patologiyalarining aksariyati  yurak-qon tomir, saraton, surunkali nafas olish kasalliklari va diabetni keltirib chiqarishi mumkin.

JSST rahbari Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, millionlab insonlar ogʻiz boʻshligʻi salomatligini taʼminlash bilan bogʻliq tibbiy xizmatlardan foydalana olmaydi. Chunki ularning narxi sezilarli darajada qimmat. 

Shu bois tashkilot bu borada hukumatlarni tegishli choralarni ishlab chiqish va profilaktika, diagnostika hamda davolash qamrovini oshirishga chaqirdi.  Xususan, JSST tomonidan ogʻiz boʻshligʻi salomatligi masalalariga bagʻishlab ilk bor tashkil etilgan global yigʻilishda 110 dan ortiq mamlakatlar delegatsiyalari tomonidan 2030-yilgacha moʻljallangan Ogʻiz boʻshligʻi salomatligi boʻyicha qoʻshma deklaratsiya tasdiqlanishi kutilmoqda. 

Oldini olish 

- shakar ulushini kamaytirish va ratsiondagi meva va sabzavotlar ulushini oshirish orqali muvozanatli ovqatlanishni taʼminlash va turli xil ichimliklardan voz kechib suvdan koʻproq foydalanish; 

-tamaki mahsulotlarining barcha turlarini chekishni toʻxtatish;

- spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni kamaytirish;

- Yuz jarohatlari xavfini kamaytirish uchun sport oʻyinlari,  velosiped va mototsikl haydashda himoya vositalaridan foydalanishni targʻib qilish.

Tish kariyesining oldini olishda organizmga yetarli miqdorda ftoridni qabul qilish muhim rol oʻynaydi. Ftoridli tish pastasi (1000-1500 ppm) yordamida kuniga ikki marta tishlarni yuvish ogʻiz boʻshligʻi salomatligida muhim rol oʻynaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech