News

not found

Агар йўриқномада дори воситасининг ножўя таъсири йўқлиги айтилган бўлса

Aгар препаратнинг кўрсатмаларида унинг ножўя таъсири йўқлиги айтилган бўлса, бу ҳолат учта тахминга сабаб бўлади: Биринчиси: ишлаб чиқарувчи мижозни атайлаб алдайди, яъни йўриқномага препаратнинг ҳақиқий хавфсизлик профили ҳақида маълумот киритилмаган. Иккинчи вариант: препаратнинг клиник синовлари босқичида кам сонли кўнгиллилар самарадорлик ва хавфсизликни ўрганишда иштирок этишган, бу эса салбий реакцияларнинг ҳақиқий частотасини аниқлаш имконини бермайди. Учинчи вариант: дори ҳақиқатан ҳам ножўя таъсирга эга эмас, яъни у терапевтик ва ножўя таъсирга эга бўлмаган нейтрал моддадир. Дориларнинг кўрсатмаларида "ножўя реакциялар" қанчалик батафсил тавсифланган бўлса, ишлаб чиқарувчининг ишончлилиги шунчалик юқори бўлиши керак. Ён таъсирларнинг мавжудлиги, уларнинг батафсил тавсифи, биомедикал мақолаларга ҳаволалар, камдан-кам учрайдиган ёки жуда кам учрайдиган асоратларни кўрсатиш ишлаб чиқарилган дори хавфсизлигини таҳлил қилиш бўйича катта ишлар олиб борилганидан далолат беради. Бу шуни англатадики, кўплаб беморлар клиник тадқиқотларда иштирок этишган ва дори очиқ бозорга чиққандан кейин хавфсизлигини ўрганиш давом эттирилмоқда.

  • 21 June, 08:53
  • Read more
not found

Yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!

Yongʼin xavfsizligi xizmati xodimlarining asosiy vazifalari, eng avvalo, yongʼinlarning oldini olish, aholi va tashkilotlarda keng koʼlamdagi targʼibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, shu orqali yongʼinlar sonini kamaytirishdan iborat. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shayxontoxur tumani boʼlimi hamkorligida kompaniya xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Dastlab, Shayxontohur tumani FVB inspektori mayor Oybek Ibragimov xodimlarni yongʼin xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib oʼtdi. Yongʼinning oldini olishga doir oʼtkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntirishlar berib, yongʼinning paydo boʼlish sabablari, oʼchirish vositalarining ishlatilish tartibi, yongʼin sodir boʼlganda dastlab nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi haqida gapirib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli maʼlumotlarni aytib oʼtdi. Xususan, yongʼinning kelib chiqish sabablaridan eng birinchisi eʼtiborsizlik, nosoz buyum yoki elektr uskunalarini tuzatishni keyinga qoldirish, jihozlarni oʼchirishni unutish ekanligini taʼkidladi. Shayxontohur tumani FVB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Аbdukamol Zuparxodjaev bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda anchagina shov-shuvlarga sabab boʼlgan bozorlarda, aholi turar joylarida kelib chiqayotgan yongʼinlarni misol keltirgan holda, kelib chiqish sabablari haqida maʼlumotlar, ayniqsa, koʼp qavatli turar joylardagi xonadon derazalarini temir panjara bilan berkitishning xavfli tomonlari, uyda bolalarni yolgʼiz qoldirishning oqibatlari haqida ogohlantirishlar berdi. Eʼtiborli boʼlishga, kichik qoidalarga ham rioya qilishga chaqirdi. Yongʼin kelib chiqqan holatlarda birlamchi kurashish vositasi oʼt oʼchirgichlar hisoblanadi. Ular barcha xonalarda va transport vositalarida, binolarda oʼrnatilishi kerak. Va ularning suvli, koʼpikli, kukunli, karbonat angidridli va aerozolli turlari mavjud boʼlib, qaysi oʼt oʼchirgich qanday turdagi yongʼinni oʼchira olishini oʼt oʼchiruvchi moddasiga qarab aniqlash mumkin. Seminarda qanday yongʼirlarda qanday oʼt oʼchirgichlar ishlatilishi, afzalliklari, oʼt oʼchirgichni ishlash tartibi haqida roliklar qoʼyib berildi. Seminarlar amaliy mashgʼulotlar bilan yanada ahamiyatli boʼladi. “Dori-Darmon” АK hududiga olib kelingan oʼt oʼchirish mashinasi koʼpchilikda qiziqish uygʼotdi. Kapitan Shuhrat Solixov oʼt oʼchirish mashinasining ishlash tartibi, undagi suv miqdori, suv purkagichning tezligi, oʼt oʼchirish jihozlari, oʼt oʼchiruvchining kiyimlari, yongʼinda qolgan insonlarga yordam berish uchun zarur boʼlgan jihozlar haqida batafsil tushunchalar berdi. Bugungi kunda oʼt oʼchiruvchilar duch kelayotgan muammolar, xususan aholi turar joylarida yoʼlaklarni toʼsib olish, mashinalarni notoʼgʼri joylashtirish, suv olish mumkin boʼlgan joylarni berkitib tashlash holatlarini oldini olish har birimizning vazifamiz ekanligi taʼqidlandi.

  • 20 June, 16:31
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech