Yangiliklar

not found

Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qat’iy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi. Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi. Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha: - daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi; - daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi. QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan. Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi. Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan: • Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%; • boshqa aholi punktlarida – 2%; • borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%. Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli. Ma’lumot uchun. 2024-yil yakuniga ko‘ra, ushbu sohada 7 785 ta yuridik shaxs AOS to‘lovchisi hisoblanadi, shundan, 1 208 ta yuridik shaxs qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘laydi.

  • 6 Fevral, 08:54
  • Batafsil
not found

“Qashqadaryo Dori-Darmon”ga qarashli 24 ta dorixona GPP-sertifikatini oldi

GPP- yaxshi dorixona amaliyoti xalqaro standart bo‘lib, unga dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlaridagi dorixonalar amal qiladi. Yaxshi dorixona amaliyoti Davlat standarti aholiga farmatsevtlar tomonidan ko‘rsatiladigan farmatsevtika xizmatlarining tegishli sifatini ta’minlash va dorixonalar kundalik faoliyatining barcha masalalari va jihatlarini qamrab olishi maqsadida ishlab chiqilgan. Standart quyidagilarga yo‘naltirilgan: — aholini sifatli, xavfsiz, arzon dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash; — bemorga dori vositalari haqida ishonchli ma’lumot taqdim etish; — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasalliklarning oldini olish; — retsept asosida beriladigan dori vositalaridan oqilona foydalanishga targ‘ib qilish va dori vositalarining nojo‘ya ta’siri haqida ma’lumot berish; — aholining o‘z-o‘zini davolash usulini qo‘llashga qaror qilgan taqdirda ularga yordam ko‘rsatish. Dorixona tomonidan GPP qoidalarining joriy etilganligi Zarur amaliyotlar markazi tomonidan "Yaxshi dorixona amaliyoti" (GPP) O‘z DSt 3127:2016 Davlat standarti talablariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi. “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJga qarashli 24 ta dorixona GPP sertifikatiga ega bo‘ldi: 1. Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Qovchin MFY da joylashgan 41-sonli shoxobcha; 2. Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Hilol qishlog‘ida joylashgan 11-sonli shoxobcha; 3. Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan 17-sonli shoxobcha; 4. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Ayg‘irko‘l MFY da joylashgan shoxobcha. 5. Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Navoiy MFYda joylashgan 9-sonli shoxobcha; 6. Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Yangobod qishlog‘ida joylashgan 215-sonli shoxobcha; 7. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Avazmalik qishlog‘ida joylashgan 226-sonli shoxobcha; 8. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Shov qishlog‘ida joylashgan 10-sonli shoxobcha; 9. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Samarqand” OSHP binosida joylashgan 218-sonli shoxobcha; 10. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Qutchi” OSHP binosida joylashgan 158-sonli shoxobcha. 11. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Qodiriy” OSHP binosida joylashgan 129-sonli shoxobcha. 12. Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, 24-sonli OP binosida joylashgan 47-sonli shoxobcha; 13. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Do‘stlik” OSHP binosida joylashgan 7-sonli shoxobcha. 14. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, 34-sonli OP binosida joylashgan 152-sonli shoxobcha; 15. Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, “Ibn Sino” OSHP binosida joylashgan 185-sonli shoxobcha; 16. Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Nurli kelajak” OSHP binosida joylashgan 225-sonli shoxobcha. 17. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Yangi qishloq” MFY da joylashgan 151-snli shoxobcha; 18. Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Bahoriston qishlog‘ida joylashgan 50-sonli shoxobcha. 19. Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, № 27 OP binosida joylashgan 72-sonli shoxobcha; 20. Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Xayitko‘l” OSHP binosida joylashgan 52-sonli shoxobcha. 21. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Alakuylak MFYda joylashgan 6-sonli shoxobcha; 22. Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Changak MFYda joylashgan 149-sonli shoxobcha; 23. Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Yangi kent qishlog‘ida joylashgan 75-sonli shoxobcha. 24. Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Qatag‘on qishlog‘ida joylashgan 183-sonli shoxobcha.

  • 5 Fevral, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech