14:30 (17.12.2025)
63
O‘zbekistonda dori vositalarining qog‘oz shakldagi retseptini rasmiylashtirishga 2026 yil 1 martgacha ruxsat berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining 16 dekabrda kuchga kirgan “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘ida so‘z boradi.
Hujjatga ko‘ra:
Qog‘oz shakldagi retsept blankasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Dori vositasini tayinlash uchun retsept qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, uning yuqori qismida shifokor tomonidan bemorning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) qayd qilingan bo‘lishi kerak. Bunda, qog‘oz shaklidagi retseptdagi ma’lumotlar dorixona provizori tomonidan “Elektron retsept” moduliga majburiy tartibda kiritiladi.
Ekspertlar kengashi tomonidan dori vositalarining tibbiy ahamiyati, ijtimoiy xavfi, suiiste’mol qilish ehtimoli hamda amaliyotdagi ehtiyojidan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich elektron retsept orqali beriladigan dori vositalari guruhlari shakllantiriladi.
Retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlashning birinchi bosqichida quyidagi dori vositalari elektron retsept asosida belgilanadi:
Bemorlarga birinchi bosqich doirasida elektron retsept orqali berilishi nazarda tutilgan dori vositalari buyurilgan taqdirda, ushbu dori vositalari ularga elektron retsept orqali tayinlanishi shart. Elektron retsept yoki qog‘oz retsept asosida beriladigan dori vositalari bir vaqtning o‘zida tayinlangan taqdirda, ularning barchasini elektron retsept orqali rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Bemorni davolash davomida uning ehtiyoji mavjud bo‘lgan, biroq tibbiyot tashkilotida mavjud bo‘lmagan dori vositalariga shifokor tomonidan retsept rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash keyingi bosqichlarda kengash tomonidan shakllantirilgan elektron retseptga o‘tkaziladigan dori vositalari guruhlari bo‘yicha joriy etib boriladi. Bunda elektron retseptga o‘tkaziladigan dori vositalari guruhlari, elektron retsept tizimini joriy etish bosqichlari va ularni amalga oshirish muddatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida e’lon qilib boriladi.