News

not found

"Bolaning sogʼlom ovqatlanish haftaligi” doirasida 2 million qutiga yaqin dori-darmonlar hududlarga yetkazib beriladi

Sogʼliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor “Bolaning sogʼlom ovqatlanish haftaligi” boshlandi. 19-29-aprel kunlari boʼlib oʼtadigan mazkur haftalik doirasida yurtimizdagi 208 ta koʼp tarmoqli markaziy poliklinika, 1049 ta oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punktining 17,3 mingta tibbiy brigadalari va 34,6 ming nafar patronaj hamshiralari tomonidan 1 million 878 ming nafardan ziyod 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlanadigan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukunlari topshiriladi. Unga koʼra, har bir tibbiy brigada tomonidan 6-23 oylik bolalar roʼyxatlari asosida mikronutreint kukunlarini onalarga yetkazish va uni uy sharoitida tayyorlash boʼyicha individual mashgʼulotlar oʼtkaziladi. — 6 oydan 23 oygacha boʼlgan davrda bolaning sogʼlom va aqliy rivojlanishi uchun temir, А, S, V6 vitamini, yod, sink, folat kabi mikroelementlar juda muhim, — deydi Sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari Elmira Bositxonova. — Shu sababli vazirlik tomonidan yurtimiz boʼylab “Bolaning sogʼlom ovqatlanish haftaligi” tashkil etildi. Mazkur oʼn kunlik davomida davlatimiz tomonidan ajratilgan 50 mlrd. soʼm mablagʼ evaziga xarid qilingan va bolalarning oziqlanishida yetishmaydigan faol biologik qoʼshimchalardan iborat 2 million qutiga yaqin dori-darmonlar har bir hududga belgilangan talabnoma asosida yetkazib beriladi. Shuningdek, haftalik davomida yosh onalar va bolaning oila aʼzolari bilan 6 oylikkacha goʼdaklarni mutlaq ona suti bilan boqishning ahamiyati hamda 6 oylikdan boshlab chaqaloqlarni qoʼshimcha ovqatlar bilan toʼgʼri ovqatlantirish va ularni parvarishlash boʼyicha suhbatlar oʼtkazish rejalashtirilgan. Targʼibot ishlari Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan “Bir yoshgacha bolalar ovqatlanishi” va “Bolani parvarishlash va rivojlanishi uchun uslubiy qoʼllanmalar" asosida tashkil etiladi. Bundan tashqari, tibbiyot brigadalari uchun Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining “Goʼdak hayotining dastlabki 1000 kunligi” mavzusida bolani toʼgʼri ovqatlantirish va koʼkrak suti bilan boqishning ahamiyatiga bagʼishlangan seminarlar oʼtkazish ham koʼzda tutilgan.

  • 20 April, 09:08
  • Read more
not found

Suv xoʼjaligi va farmatsevtika sanoatidagi loyihalar koʼrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 18 aprelь kuni suv xoʼjaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʼilish oʼtkazdi. Yigʼilishda farmatsevtika tarmogʼida soʼnggi olti yilda jami 527 million dollarlik 177 ta loyiha ishga tushirilganligi qayd etildi. Xorijiy investitsiyalar 9 barobarga ortib, 35 ta korxona xalqaro GMP standartini joriy etgan. Natijada ishlab chiqarish 3 barobarga, eksport 5 barobarga oshgan. Lekin mahsulotlar bozorini topish, sifat va raqobat borasida masalalar koʼpligi sababli oʼtgan yili ishlab chiqarish hajmi biroz kamaygan. Import esa oshgan. Shu bois yigʼilishda farmatsevtika sohasida qoʼshimcha loyihalar ishlab chiqish hamda korxonalarni qoʼllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, tarmoqda umumiy qiymati 725 million dollarlik 207 ta loyihani amalga oshirish, shundan 68 tasini bu yil ishga tushirish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari tadbirkorlarga kredit yukini yengillashtirish zarurligini taʼkidladi. Shuning uchun Аsaka bank loyihalarning 25 foizgacha qismiga oʼz ulushi bilan kirib, investor sifatida ishtirok etishi belgilandi. Mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish va aylanma mablagʼ bilan taʼminlashga 300 million dollar uzoq muddatli kredit resurslari jalb qilinadi. Bank huzurida farmatsevtika loyihalari markazi ochilib, tadbirkorlarga yordam koʼrsatadi. Kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni qoʼllab-quvvatlash hisobiga, 400 turdagi yangi mahsulotlarni oʼzlashtirish va 670 million dollarlik import oʼrnini qoplash mumkinligi aytildi. Buning uchun korxonalarga 18 oygacha muddatda 1 million dollargacha “revolver” kredit, eksportchilarga tushum sugʼurtasini garovga olgan holda 2 million dollargacha kredit beriladi. Onkologiya va onkogematologiya uchun zarur boʼlgan dori vositalari va moddalarni xorij texnologiyasi asosida yurtimizda ishlab chiqarish imkoniyati koʼrsatib oʼtildi. Sohadagi koʼplab korxonalarni GMP sertifikati talablariga moslashtirish vazifasi qoʼyildi. Toshkent farmatsevtika klasteridagi loyihalarni jadallashtirish boʼyicha topshiriqlar berildi.

  • 19 April, 11:34
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech