12:28 (01.03.2023)
2161
Prezident farmoni bilan 2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Davlat dasturiga koʼra, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida:
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga oʼtkaziladi. Bunda:
2023 yil 1 iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari joriy etiladi.
2023 yil yakuniga qadar nogironligi boʼlgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʼlami 30 ming nafarga yetkaziladi.
Аholi orasida yuqumli boʼlmagan kasalliklarning oldini olish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toʼgʼri ovqatlanish va sogʼlom turmush tarzi” umummilliy harakati yoʼlga qoʼyiladi:
➖aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʼz sogʼligʼi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʼrgatish, toʼgʼri ovqatlanish boʼyicha mobil ilova yaratiladi;
➖bolalarga moʼljallangan nosogʼlom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlar kuchaytiriladi;
➖taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan, tarkibida shakar, tuz, transyogʼlar miqdori yuqori boʼlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʼshimchalar roʼyxatini tasdiqlanib, ularning isteʼmolini kamaytirish choralari koʼriladi;
➖ mahalliy mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun alohida-alohida sogʼlom ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi;
➖ yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar, kattalar va keksalar uchun qisqa toʼgʼri ovqatlanish boʼyicha tavsiyalar, sogʼlomlashtirish mashqlari va gigiena qoidalari toʼplamini yaratiladish;
➖ ish joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʼullanishi va sogʼlom ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralari koʼriladi.