Yangiliklar

not found

СOVID-19 ni boshidan oʼtkazgan bemorlarda kuzatilayotgan olti xavfli asorat

Dunyoda koronavirus pandemiyasi eʼlon qilinganidan buyon roppa-rosa 3 yil oʼtdi. Bu davrda kasallik qariyb 6,8 million nafar kishini hayotdan olib ketdi. Eng yomoni, hozir ham qator mamalakatlarda epidemiologik vaziyat murakkab. Virus Yer yuzi boʼyicha oyiga 80-90 ming odamning oʼlimiga sabab boʼlyapti. Shu bois Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti SOVID-19 pandemiyasini yana uch oyga uzaytirishga majbur boʼldi. Boz ustiga, soʼnggi oylarda turli mintaqalarda “omikron” shtammining XBB.1.5 subvarianti keng tarqalmoqda. U hozirgacha bizga maʼlum mutatsiyalar orasida eng yuquvchani sifatida baholanyapti. Аmmo mutaxassislarni tashvishga solayotgan omil shundangina iborat emas. Negaki, bu dard vaqt oʼtishi bilan qator xavfli asoratlarini ham namoyon qilmoqda. Shulardan eng koʼp uchrayotgani — tromboz. U ortiqcha vazn, semizlik va qandli diabet kabi metabolik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarda ayniqsa, koʼp kuzatilyapti. Ikinchi xavfli asorat — yurak faoliyati buzilishi. Gap shundaki, virus qon tomirlari, oʼpka, yurak va boshqa organlar toʼqimalariga kirgach, ularni yoʼq qilib, yalligʼlanishni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, miokardit yuzaga kelishiga sabab boʼlyapti. Uchinchi xavfli asorat — depressiya va xotira susayishi. Pandemiya boshlanganidan buyon shifokorlar COVID-19ni boshdan oʼtkazgan bemorlarda xuddi shu alomatlarni qayd etishmoqda. Toʼrtinchi xavfli asorat — insult. Bu mazkur infektsiya oqibatida miya tomirlarida kuzatilayotgan yalligʼlanish jarayoni bilan bogʼliq. Beshinchi xavfli asorat — oʼpka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan soʼng, oʼpkada chandiqlar hosil boʼlib, bu nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keladi. Oltinchi xavfli asorat — son suyagi, yelka, tizza boʼgʼimlari yemirilishi bilan kechmoqda. Oqibatda endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni koʼpaymoqda. Shifokorlar xulosasiga koʼra, koronavirusga qarshi emlanish nafaqat uning yuqishi yoki ogʼir kechishi, balki xavfli asoratlaridan ham ishonchli himoyalaydi. Аyniqsa, katta yoshli insonlar, surunkali kasallikka chalingan va immuniteti zaif kishilar, birinchi navbatda, vaktsina olishlari lozim.

  • 15 Fevral, 11:13
  • Batafsil
not found

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Temuriylar sulolasi vakili, oʼzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi – Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan. – Ingliz olimi Uilyam Yerskin Bobur haqida shunday degandi: “Saxovati va mardligi, isteʼdodi, ilm-fan, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʼullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”. – Bobur ota tomondan Amir Temurning beshinchi avlodi edi. Uning otasi Umarshayx Mirzo Fargʼona viloyati hokimi, onasi Qutlugʼ Nigorxonim esa Mugʼuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi boʼlgan. – Bobur otasi Umarshayh Mirzonining baxtsiz hodisa oqibatida vafot etishi tufayli 12 yoshida taxtga chiqqan. – Boburiylar sulolasi 3,5 asr mobaynida zamonaviy Hindiston, Pokiston, Bangladesh va janubi-sharqiy Afgʼoniston hududlarini nazorat qilgan. – Tarixiy manbalarda Boburning oʼta kuchli va gʼayratli inson boʼlgani qayd etiladi. Maʼlumotlarga koʼra, u saroy ichida ikkita yelkasida ikkita baquvvat erkakni koʼtarib olib mashq qilgan. – Boburning toʼrt farzandi – Humoyun Mirzo, Gulbadan Begim, Komron Mirzo va Hindol Mirzo Qobulda dunyoga kelgan. Boburning qizi Gulbadan Begim oʼrta asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan yagona ayol tarixchi boʼlgan. – “Boburnoma” asari “Turkiy tilda yozilgan yeng yaxshi nasriy asar” deya eʼtirof yetiladi. “Boburnoma” bugungi kunga qadar 31 ta tilga tarjima qilingan. – Bobur Afgʼonistonning Qobul shahridagi “Bogʼi Bobur”ga dafn etilgan.

  • 14 Fevral, 10:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech