15:12 (04.07.2023)
2474
Sogʼliqni saqlash vazirining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʼrsatish tartibi toʼgʼrisidagi nizomning 6-bandiga qoʼshimcha kiritish haqida”gi buyrugʼi qabul qilindi (roʼyxat raqami 3355-1, 20.06.2023 yilda roʼyxatdan oʼtkazilgan).
Hujjatga muvofiq, “IT-visa”ga ega boʼlgan xorijiy fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (turmush oʼrtogʼi, ota-onasi va farzandlari) tibbiy xizmatlar uchun Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʼyicha haq toʼlash huquqiga ega.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21.06.2023 yildan kuchga kirdi.