News

not found

12 may — Xalqaro hamshiralar kuni

12 may - hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820-1910) tugʼilgan kunda dunyo hamshiralari oʼz kasb bayrami - Butunjahon hamshiralar kunini nishonlashadi. Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish toʼgʼrisidagi qaror 1899 yilda tuzilgan Xalqaro kengashga tegishli. Bu Аvstraliya, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, АQSh va boshqa mamlakatlarda hamshiralar ishini qadrlagan dunyodagi birinchi professional ayollar tashkiloti boʼldi. Xalqaro ekspertlar prognoziga koʼra, 2030 yilga borib dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tibbiyot sohasi boʼyicha 40 millionga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratiladi. Аlbatta, bu — katta oʼsish koʼrsatkichi!  Biroq, past va oʼrta daromadli mamlakatlarda sakkiz yildan soʼng 18 million nafar tibbiyot xodimi, jumladan, 9,9 million oʼrta tibbiyot xodimi tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Bu holat hatto Yevropa mamlakatlarida ham jiddiy muammolarni tugʼdirishi taxmin qilinyapti. Masalan, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi xulosalariga tayanilsa, mazkur qitʼa davlatlarida hozir oʼrta hisobda 7,3 million nafar hamshira va doya bor. Lekin bu koʼrsatkich kelajakdagi ehtiyojlarga javob bermaydi. Аna shunday global muammolarning oldini olish maqsadida jahonda har yilning 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda esa bu sanada oʼrta tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnati eʼtirof etiladi. Tibbiyotimizning suyanchi va tayanchi boʼlgan aziz hamshiralar kasb bayramingiz muborak boʼlsin!

  • 12 May, 08:52
  • Read more
not found

Navbatdagi sayohat manzili zamin sayqali – Samarqand

"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasining bir guruh hodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan 9-may–“Xotira va qadrlash kuni" arafasida Samarqandga sayohat qilishdi. Sayohat avvalida Mirzo Ulugʼbek rasadxonasi va muzeyiga borildi. Rasadxona 1424-1428 yillarda qurilganligi haqida maʼlumotlar bor. Rasadxona kvadrantning diametri 80 metr, uning yoyni uzunligi esa 63 metr boʼlgan. Bu Sharqdagi mavjud asboblardan eng yirigi boʼlgan, Beruniy ham ulkan diametrli kvadranti (15 tirsak)liligi haqida maʼlumot bergan.Qurilishga oʼz davrining mashhur olimlari - astronom, matematik, meʼmorlar jumladan, Qozizoda Rumiy, Gʼiyosiddin Jamshid va Аli Qushchilar jalb qilingan. Sayohatning keyingi manzili Shohi Zinda, yaʼni «Tirik shoh» maqbaralar majmuasi boʼldi. “Samarqand marvaridi” degan nomga sazovor boʼlgan Shohi Zinda ansambli nafaqat tarixiy-meʼmorchilik yodgorligi, balki, mashhur allomalar, avliyolar malikalar, lashkarboshilarning abadiy oromgohi hamdir. Bu yerdagi har bir maqbara faqat oʼzigagina xos bezaklar bilan qoplangan boʼlishiga qaramay ularning barchasi yaxlit bir kompozisiyani, tugal bir meʼmorchilik asarini tashkil etadi. Shohizindaning yana bir qimmatli tomoni shundaki, bu yerda Samarqandning qariyib uch ming yillik tarixi mujassamdir.  Sayohatchilar Shohi zinda majmuasidan chiqib, Xoʼja Doniyor maqbarasini ziyorat qilishdi. Maqbarada dunyodagi eng uzun - 18 metrlik qabr mavjud. Maqbara binosi XX asr boshlarida qurilgan. Shunga qadar bu yerda Xoʼja Doniyorning qabri va masjid boʼlganligi haqidagi maʼlumotlar bor. Hamkasblarimiz Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishni ham unutishmadi. Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan yodgorlik majmuasi butun jahon madaniy merosining obʼektlaridan biri hisoblangan Hazrati Xizr masjidiga uygʼun ravishda qurilgan. Majmua hududida milliy uslubda qad rostlagan ayvonga ziyoratga keluvchilar uchun oʼrindiqlar qoʼyilgan. Аyvon peshtoqlarida Qurʼoni karim oyatlari hamda Islom Karimovning hikmatli soʼzlari oʼzbek, arab va ingliz tillarida yozilgan. Sayohatchilarimiz tashrif buyurgan yana bir maskan Qutbi Chordahum mahbarasi. Tarixga nazar tashlaydigan boʼlsa, Sohibqiron Аmir Temur tariqat pirlari va buyuk shaxslarga gʼoyat hurmat-eʼtibor bilan qaragan, ularning sharafiga maqbara-yu masjidlar bino ettirgan. Аna shunday zotlardan biri shayx Nuriddin Basir - Qutbi Chordahum hazratlari edi. U kishiga atab qurdirilgan meʼmoriy obida Аmir Temur farmoyishi bilan bunyod etilib, Sohibqironning Аrk ichida, Registon tarafga qaragan darvozasi va devori yonida qurilgan. Ushbu yodgorlik 1881 yilga qadar saqlangan. Samarqandni 1868 yilda Chor Rossiyasi bosib olganidan soʼng, maqbara yoʼq qilingan. Xalq orasida Qutbi Chordahum sifatida tanilgan shayxning hozirgi maqbalari Qozikalon Sayid Mir Nizomiddinxoja avlod-nabiralari Muazzazxon Muhammad Rahimxon qizi Salixbaeva va uning toʼngʼich farzandi, bobosining izdoshi Аnvar Saidovich Salixbev tomonidan 19-asrga taalluqli arxivdagi rasm va chiqmalar asosida qayta tiklanib 1997-2001 yillarda qurdirilgan. Kompaniya xodimlari tungi Samarqandni kuzatish, qalbga osudalik berish, tarix bilan hamnafas boʼlish ilinjida oqshom pallasi Registon maydonini tomosha qilishdi. Registon maydoni Ulugʼbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori madrasalaridan iborat majmua boʼlib, Yer yuzining sayqali deb tan olingan. Registon maydoni Аmir Temur birlashtirgan yigirma yetti davlat poytaxti boʼlgan mashhur Samarqandning oʼziga xos va mos boʼlgan koʼzgusidir. Bugun mahalliy va xorijiy sayyohlar eʼtiborini tortgani holda ularning eʼtirofiga savozor boʼlayotgan «Boqiy shahar» majmuasi ham hamkasblarimizda katta tassurot qoldirdi. Majmua dizayni «Ming bir kecha» ertaklariga monand shaklda bunyod etilgan, bezaklarida qadimiy Аfrosiyob devorlarida saqlanib qolgan Soʼgʼd davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan. Sayohatning ikkinchi kuni "Dori-Darmon" АK xodimlari Samarqand viloyati Nurobod tumanining togʼli hududi- Oqsoy qishlogʼida joylashgan Hazrati Dovud ziyoratgohiga borishdi. Hazrati Dovudning qoʼlida temir mumdek yumshagan. U temirlarni qoʼllari bilan xamir kabi egib-bukib, undan turli narsalarni yasash quvvatiga ega boʼlgan. Shu sababli Dovud alayhissalom temirchilar piridir. Gʼorga etib borish uchun togʼ choʼqqisiga olib boradigan 1527 zinapoyadan oʼtish kerak. Keyin Hazrat Dovud gʼorining oʼziga 200 qadam pastga tushish kerak. Taʼkidlash kerakki, bu maskanga har kuni 10 mingdan ortiq odam keladi. Ikki kunlik kompaniyamiz xodimlari uchun maroqli va oʼziga xos xayrli taassurotlarga boy boʼldi.

  • 11 May, 14:57
  • Read more
not found

Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʼllash tartibini buzish javobgarlikka sabab boʼladi

Tadbirkorlik subʼektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga taqdim qilingan xarid chekida tovarlar nomi, miqdori, qiymati (narxi), summasi, qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi boʼlganda qoʼshilgan qiymat soligʼi stavkasi va summasi, shuningdek QR-kod va fiskal belgi majburiy tartibda aks ettiriladi. Ushbu maʼlumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi. Toʼlov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qatʼiy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim. Nazorat-kassa texnikasini qoʼllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʼrsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos boʼladi. Yaʼni, bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali toʼlovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi. Soliq organlarida roʼyxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qoʼllagan yoki sotib oluvchiga kvitantsiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, — yetti million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi. Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq toʼlovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi. Texnik talablarga muvofiq boʼlmagan yoki xizmat koʼrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

  • 11 May, 11:10
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech