News

not found

«Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni – fidoyilarga koʼrsatilgan eʼtibordir

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini taʼminlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʼ-eʼtiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor boʼlib xizmat qilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʼshib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etildi. “Dori-Darmon” АK tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qoʼshayotgan hissasi yuqori baholanib, ilk marta taʼsis etilgan ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi:          Dilmurod Аxatov. “Buxoro Dori-Darmon” MChJ direktori Mavluda Qurbonova. “Buxoro Dori-Darmon” MChJ 1- son dorixona qadoqlash boʼlimi mudiri. Umid Nabiev. “Navoiy Dori-Darmon” АJ qoshidagi “Аvitsenna” MChJ direktori.      Ro`zmetov Shonazar. "Xorazm Dori-Darmon" MChJ Farmasevtika ishini tashkil qilish bo`limi mudiri.  "Qashqadaryo Dori-Darmon” MChJda faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoyi xodimlar ham taqdirlangan orasida bor: Mavluda Nurullaeva. Xodimlar bilan ishlash boʼyicha bosh mutaxassis Rashit Bexbudov. Maxsuc boʼlim mudiriShavkat Xamdamov. 13-son dorixona mudiriMuhayyo Аxmedova. 15-son dorixona farmatsevtiErkinoy Xudaynazarova. Dori vositalarini qabul qilish va narx-navo boʼlimi bosh mutaxassisi “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy qutlaymiz.

  • 7 December, 10:02
  • Read more
not found

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

“Dori-Darmon” АKda “Sirdaryo Dori-Darmon” MChJ rahbariyati masʼul shoxobcha mudirlari ishtirokida profilaktik tadbir oʼtkazildi. Shuningdek, tizimdagi barcha korxona va tashkilot rahbarlarini jalb qilgan holda zoom orqali yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda Komplaens nazorat xizmati boshligʼi J.Qayumov soʼz olib tizimda korruptsiyaga qarshi kurash borasida olib borilgan ishlar haqida toʼxtalib oʼtdi. Komplaens-nazorat xizmati tomonidan 2022 yilda soha oldiga qoʼyilgan asosiy vazifalar ijrosini taʼminlash borasida reja asosidagi dasturlar ishlab chiqilib, tegishli tarmoqlar bilan ishlar olib borilmoqda.  “Dori-Darmon” АK rahbariyati tomonidan dorixonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʼrtasida korruptsiya holatlariga yoʼl qoʼymaslik yuzasidan muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xodimlar, farmatsevtika sohasi bilan aloqador tadbirkorlar bilan uchrashuv va profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʼlishiga olib keladi. Yigʼilish ishtirokchilari tomonidan korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korruptsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash va unga oʼz vaqtida chek qoʼyish dolzarb vazifa ekanligi, korruptsiyaga qarshi kurashishda, eng avvalo, har bir xodimda halollik immunitetini oshirish va bu bilan korruptsiyaning har qanday koʼrinishiga murosasiz kurashish lozimligi taʼkidlandi. Korruptsiya murakkab ijtimoiy hodisa boʼlib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qoʼllash samarali hisoblanmaydi, korruptsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyatning oʼzaro jipsligi talab etiladi. Shu oʼrinda eslatib oʼtamiz, agar kompaniya tizimida qonunchilik buzilish holatlariga duch kelsangiz “Dori-Darmon” АKning ishonch telefoni 78-120-16-67 raqamiga qoʼngʼiroq qilishingiz yoki telegram messenjeridagi aloqa kanali @Doridarmon_aloqabot orqali murojaat etishingiz mumkin. 

  • 5 December, 11:23
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech