News

not found

Gel, malham yoki krem ​​- bir-biridan nima bilan farq qiladi?⠀

Tashqi foydalanish uchun har qanday dori (losyonlar, spreylar, emulsiyalar, pastalar, moylar, kremlar, malhamlar) faol moddadan va ushbu preparatning "shaklini" tashkil etuvchi asosdan iborat.⠀ Malham - eng ko'p miqdorda yog'ni o'z ichiga olgan shakl. Bu faol moddaning chuqur kirib borishi bilan ajralib turadi. Terida quruq toshmalarni davolash uchun tavsiya etiladi."Bint ostida" malhamlardan foydalanish faol moddaning kirib borish chuqurligini yanada oshiradi. Malhamlarning yog'li tarkibiy qismlari teriga singib ketmasligi sababli ular kiyimni kir qilib qo`yishi mumkin. Namlanayotgan teri toshmasi uchun malhamlarni qo'llamang.   Gel - tarkibida moylar va yog'lar mavjud emas, va uning PH ko'rsatkichlari terining ko`rsatkichlariga yaqin. U teriga osongina tarqaladi, tez so'riladi, terining po`ralarini yopib qo`ymaydi. Gel malhamdan ko'ra tezroq so'riladi. Shoshilinch ravishda og`riqni qoldirish kerak bo`lsa, masalan bo'g'imda, u tezroq yordam beradi. Agar siz uzoqroq analgetik ta'sirni ta'minlashingiz va yallig'lanishni yengillashtirishingiz kerak bo`lsa, unda malhamni qo`llash afzalroqdir. Gel ko`rinishidagi dorilar namlanayotgan teriga qo`llash mumkin. ⠀⠀ Krem - asosi yog'lar va suvdan iborat bo`ladi. U teriga yaxshi so'riladi, qo'llashdan keyin bir necha daqiqadan so'ng u kiyimni kir qilib qo'ymaydi, yuz terisida qobiq bo`lib turmaydi. Faol moddaning singish chuqurligi malhamdan kamroq. U o'tkir yallig'lanish reaktsiyalarida tavsiya qilinadi, o'rtacha namlanayotgan yuzalarga qo'llanilishi mumkin.⠀ Losyon / Emulsiya – krem, malham va gellarga nisbatan ancha suyuq shaklda bo`ladi. Uning tarkibi  asosida spirtlar va suv mavjud. Ko`pincha u bosh terisini davolash uchun ishlatiladi (chunki u sochni yog`lantirib qo`ymaydi). Mayinligi, tez so'rilishi, salqinlik tuyg'usini beruvchi losyon nozik va yog'li teriga ishlatish uchun afzalroqdir. U po`ralarni yopmaydi va niqob effektini yaratmaydi.  

  • 7 July, 14:02
  • Read more
not found

Yaponiyada yangi tishlarni o'stirish uchun dunyodagi birinchi dori yaratildi

Yaponiyalik olimlar tomonidan innovatsion dori ishlab chiqildi. U insonlarga uchinchi tish to'plamini o'stirishga imkon beradi. Bir yildan keyin klinik sinovlarni boshlash rejalashtirilmoqda. Yaponiyalik olimlar odamlarga yangi tish o‘stirish imkonini beruvchi yangi dori yaratishda muvaffaqiyatga erishdi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odam uchinchi tish to'plami uchun zarur bo'lgan hamma narsaga ega, ammo bu jarayon ma'lum bir oqsil tomonidan bloklanadi.  Nashrning ta'kidlashicha, preparat sichqonlar ustida o‘tkazilgan avvalgi tajribalarda samarali bo‘lib, "uchinchi avlod" tishlarining o‘sishiga yordam bergan. “Yangi tishlarni o'stirish g'oyasi har bir tish shifokorining orzusidir. Men aspiranturada o‘qiyotganimda bu borada ishlaganman. Men buni uddalay olishimga ishonchim komil edi”, dedi Osakadagi Kitano tibbiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Katsu Takaxashi. Takaxashining tadqiqot guruhi tish o'sishini cheklaydigan USAG-1 oqsiliga e'tibor qaratdi. Ushbu oqsilning funktsiyasini blokirovka qila oladigan neytrallashtiruvchi antitelo ishlab chiqilgan. Dori sichqonlarga berildi va ularda yangi tishlar chiqishni boshladi.  Preparatni inson foydalanishi uchun tayyorlash ishlari allaqachon olib borilmoqda. Avvalo, dori tug'ma omillar tufayli kattalar tishlarining to'liq to'plamini yo'qotgan bemorlarga mo'ljallangan. Bu "adentiya" deb ataladi.Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, kelajakda preparat kengroq qo'llanilishi mumkin.Preparatning klinik sinovlari 2024 yilning iyuliga rejalashtirilgan. Ular dorini 2030 yilgacha umumiy foydalanish uchun chiqarishni rejalashtirishmoqda.  

  • 6 July, 17:02
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech