09:09 (12.07.2023)
2289
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʼilon shahar boʼlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda “Navroʼz” MFY hududida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.F. fuqaro M.X.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʼlgan 3 600 dona dori vositasini 1 000 АQSh dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.