14:42 (20.10.2022)
2923
Аntibiotiklar atamasini Аmerikalik mikrobiolog va kimyogar olim Vaksman Zelman Аbraham fanga kiritgan.
Аntibiotiklar virusli kasalliklarda foyda bermaydi, balki aks taʼsir koʼrsatadi. Bu dori vositasini faqat shifokor tavsiyasi asosida qoʼllash lozim.
Ushbu kasalliklar uchun antibiotiklar foydasiz deyishmoqda mutaxassislar:
- Yoʼtal. Sovuqqotish tufayli oddiy yoʼtal boʼlsa, antibiotiklardan foydalanish hech qanday foyda keltirmaydi.
- Tomoq ogʼrigʼi (faringit). Barcha holatlarning 50-80% da burun-tomoq yoʼlining yalligʼlanishi viruslar tufayli yuzaga keladi.
- Burun boʼshligʼining yalligʼlanishi (sinusit). Bunga bakteriyalar sabab boʼlishi mumkin, ammo tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, antibiotiklar bilan yoki antibiotiksiz sinus infektsiyasi taxminan oʼn kun ichida tozalanadi.
- Sistit. Antibiotiklarga qarshilik shakllanishiga yoʼl qoʼymaslik uchun mutaxassislar ularni asoratlanmagan sistitda qoʼllashni tavsiya yetmaydi. Yalligʼlanish, garchi bakteriyalar sabab boʼlishi mumkin boʼlsa-da, odatda zararsizdir. Koʼp suyuqlik ichish va ogʼriq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish orqali kasallik belgilarini davolash afzaldir.