12:38 (26.01.2023)
2315
“BUKHARA NEWS” axborot resursi tomonidan maʼlumotlarning haqqoniyligi oʼrganilmasdan videomurojaat eʼlon qilinganligi oqibatida aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar tarqatilganligi holati boʼyicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244¹-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Аxborotlashtirish toʼgʼrisida”gi Qonunining 12¹- moddasida axborot resursining egasi, shu jumladan blogerlarga oʼz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʼlgan axborot joylashtirilguniga qadar uning toʼgʼriligini tekshirish majburiyati yuklatilgan.
Qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish viloyat IIBga yuklatildi.
Tergov jarayoni toʼgʼrisida qoʼshimcha axborot beriladi.