14:02 (20.01.2023)
2484
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Yunusobod tuman boʼlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY. Osiyo koʼchasi, 21-uy manzilida joylashgan "CLICK PHARMA" MChJ dorixonasida oʼtkazilgan tekshiruv natijasiga koʼra, respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan va qonunga xilof ravishda sotish uchun saqlanayotgan 199 dona "Zardeks" dori vositalari borligi aniklanib, xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yuqoridagi holat boʼyicha Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY. Osiyo koʼchasi, 21-uy manzilida joylashgan "CLICK PHARMA" MChJga 2018 yil 18 iyunda berilgan TS 1166-sonli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "CLICK PHARMA" MChJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.
Eslatib oʼtamiz, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar roʼyxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʼlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.