09:24 (30.12.2022)

2435

Dorilar reklamasi mutaxassislar maslahatini olish kerakligi toʼgʼrisidagi ogohlantirish bilan birga berilishi lozim

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi:

➖dori vositasini nojoʼya taʼsirlar mavjud emasligi jihatidan noyob, eng samarali, eng xavfsiz deb taqdim etmasligi;
➖dori vositasining tarkibiga, kelib chiqishiga, yangiligiga yoki patentlanganligiga nisbatan yanglishishlarga olib kelmasligi;
➖dori vositasi ovqatga qoʼshiladigan biologik faol qoʼshimcha, kosmetik mahsulot yoki gigiena vositasi yoxud boshqa har qanday turdagi tovar ekanligini taʼkidlamasligi;
➖reklama taʼsirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan notoʼgʼri taqqoslashlarga yoʼl qoʼymasligi;
➖mazkur dori vositasining taʼsiri kafolatlanganligi toʼgʼrisidagi tasdiqni oʼz ichiga olmasligi;
➖inson salomatligi dori vositasini qabul qilmaslik oqibatida yomonlashishi mumkinligini uqtirmasligi kerak.

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi har bir holda ularni qoʼllashga va ulardan foydalanishga qarshi koʼrsatmalar mavjudligi, qoʼllashga doir yoʼriqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislar maslahatini olish zarurligi toʼgʼrisidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech