12:02 (15.09.2022)

3801

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlandi

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari Аdliya vazirligida davlat roʼyxatidan oʼtkazildi (roʼyxat raqami 3386, 12.09.2022 y.)

Mazkur qoidalarga koʼra, farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun arizachi elektron shakldagi ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organlariga yuboradi.

Sertifikatlashtirish organlari 2 kunda arizani koʼrib chiqib sertifikatlashtirishni oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qiladi yoki arizachiga rad etilganligi toʼgʼrisida asoslantirilgan xulosa beradi.

Sertifikatlashtirish quyidagi hollarda rad etiladi:

- arizada maʼlumotlar toʼliq koʼrsatilmaganda va (yoki) arizaga ilova qilingan hujjatlar toʼliq taqdim etilmaganda;
- sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti davlat roʼyxatidan oʼtkazilmaganligi aniqlanganda;
- sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti qalbakilashtirilganligi aniqlanganda.

Sertifikatlashtirishni oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilingandan boshlab 2 kunda sertifikatlashtirishni oʼtkazish uchun farmatsevtika mahsulotlari saqlanayotgan joyga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish ishlari amalga oshiriladi.

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish natijalari boʼyicha toʼplangan hujjatlar sertifikatlashtirish organining farmatsevtika mahsulotini sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan xolis xodimiga taqdim etiladi.

Xolis xodim (texnik qoʼmita) sertifikatlashtirish natijalari boʼyicha toʼplangan hujjatlarni 1 kun ichida koʼrib chiqadi hamda muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech