10:20 (26.09.2022)

4001

Farmatsevtika uchun ayrim xomashyo va uskuna turlari bojxona bojidan ozod qilindi

Vazirlar Mahkamasining 21.09.2022 yildagi “Bojxona bojlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari roʼyxatini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 519-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning “2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʼini jadal rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son Farmonida Oʼzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar va materiallarni 2025 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilish nazarda tutilgan.

Hujjat bilan bojxona bojidan ozod qilinadigan, quyidagilarni oʼz ichiga olgan materiallar va uskunalar roʼyxati tasdiqlandi:

farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan olib kelinadigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari roʼyxati;
texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari roʼyxati;
farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari roʼyxati.

Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar shartli chiqarib yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech