18:51 (30.12.2022)
3729
Hindistonda Dori vositalari standartlarini nazorat qilish markaziy tashkiloti xodimlari, shuningdek, Uttar-Pradesh dori vositalari aylanmasini nazorat qiluvchi boshqarma mutaxassislari Noida shahrida joylashgan “Marion Biotech” zavodini tekshirishni yakunladi.
NDTV telekanali xabariga koʼra, tekshiruv 30 dekabrga oʼtar kechasi nihoyasiga yetgan. Uning natijasida rasmiylar farmatsevtika kompaniyasi zavodida dori vositalari ishlab chiqarishni butunlay toʼxtatishni talab qilgan.
Telekanal xabariga koʼra, zavod mahsulotning sifat standartlariga muvofiq uzluksiz ishlab chiqarilishi va nazorat qilinishini taʼminlash nuqtai nazaridan ishlab chiqarish amaliyoti talablaridan chetga chiqqani qayd etilgan.
Hindiston sogʼliqni saqlash vaziri Mansux Mandavia tekshiruv yakunlanganini tasdiqladi.
“Dok1 Max” siropining tarkibi buzilgani haqidagi xabarlar tufayli oʼtkazilgan inspektorlar tekshiruvi yakunlandi va “Marion Biotech” kompaniyasining Noida shahridagi barcha ishlab chiqarish faoliyati kecha tunda toʼxtatildi. Tergov davom etmoqda”, — dedi u.