12:03 (25.01.2023)
2515
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʼjaobod tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.B. va boshqalar, 240 dona “Tropikamid”, 2,1 ming dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro F.T.ga 28 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Fargʼona tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.А. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, fuqaro O.А.ga 1 980 dona “GULSEF-SB” nomli dori vositasini 28,5 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 22 dona “Ferasoft-S” va 5 dona “Ferrac” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, X.А.ning xonadonidan jami 1 470 dona “Mikonid”, “FerroZinc”, “Immuzinc” hamda yaroqlilik muddati oʼtgan 434 dona “HINDCEF-SB”, “BАZOTsID” va “LikoMast” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.