13:49 (04.01.2023)

2515

Oʼzbekistonga keltirilgan salkam 60 ming quti “Dok-1 Maks” siropi nazorat ostida saqlanmoqda

Maʼlum boʼlishicha, “Dok-1 Maks” dori vositasi Oʼzbekiston bozoriga 2012 yildan kirib kelgan, – deydi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriev. –Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, mazkur dori vositasining shu davr mobaynida nojoʼya taʼsiri boʼlmagan. Faqatgina bir partiyasida bunday nojoʼya taʼsir kuzatilgan.

Аmaldagi tartiblarga koʼra dori vositasini erkin muomalaga chiqarishda dori vositasining Oʼzbekistonda roʼyxatdan oʼtganligini tasdiqlovchi guvohnoma hamda olib kirilayotgan dorilarning har bir seriyasi uchun muvofiqlik sertifikatlari bojxona organlariga taqdim qilinadi. Shundan soʼnggina dori vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan oʼtkaziladi.

“Dok-1 Maks” dori vositasi saqlanayotgan bojxona omborida mazkur dorining joriy yil dekabrь oyida keltirilgan 3 ta partiyasi, yaʼni salkam 60 ming qutisi qatʼiy nazorat ostida saqlanmoqda. Shuningdek, ilgari keltirilib, erkin muomalaga chiqarilishi lozim boʼlgan yana 2 ta partiyadagi ushbu dori vositasi ham ushlab turilibdi. Bojxona organlari tomonidan salbiy holatlar kuzatilgan ilk kunlardanoq dori vositasini erkin muomalaga chiqarmaslik uchun barcha choralar koʼrilgan va hozirda qatʼiy nazorat ostida.

Maʼlumot oʼrnida, respublikamiz bojxonachilari joriy yilning oʼtgan davri mobaynida aniqlangan 719 ta bojxona qonunbuzilish holatlarida qiymati 24,4 milliard soʼmlik dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʼydi. Mazkur dori vositalari sifatsiz va davlat roʼyxatidan oʼtkazilmagani uchun hamda tashish va saqlash qoidalariga rioya etilmagani uchun olib qoʼyilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech