Yangiliklar

not found

Sumalak sayli oʻtkazildi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasida sumalak sayli oʻtkazildi. Sumalak saylining bayram sifatida shakllanganligi haqida turli rivoyatlar bor. Shulardan biri: dehqon olib qoʻygan oxirgi donini tezroq ekish uchun yaxshi niyatlar bilan oldinroq ivitib qoʻyadi. Lekin birdan ob-havo buziladi. Bugʻdoy idishda nish urib oʻsa boshlaydi, ob-havo yaxshilanavermaydi. Dehqon oila aʼzolari och turgan paytda bugʻdoyni butunlay nobud qilmaslik choralarini izlay boshlaydi. U tavakkal qilib nish urgan va ancha boʻy koʻtargan donni qiymalaydi va xotiniga bundan taom pishirishni buyuradi. Uy bekasi uni uzoq vaqt qaynatadi. Qarangki, oqkoʻngil dehqonning niyati xolis chiqadi. Undan hidi yoqimli, oʻzi toʻyimli, mazasi esa tanovul qilgan kishining uzoq vakt esida qoladigan darajadagi shirin taom hosil boʻladi. Bu taom borgan sari xalq oʻrtasida keng tarqalib, bahorning eng lazzatli taomiga aylanadi. Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati boshchiligida ahil va quvnoq jamoamiz tomonidan har yilgidan istisno boʻlmagan holda, Markaziy omborxona hududida sumalak sayli oʻtkazildi, bahorning  shoh taomi sumalak pishirildi. 24 soatda tayyor boʻladigan sumalak albatta oqshom bilan doshqozon boshida boʻlishni talab qiladi. Kompaniya xodimlari ham tuni bilan vaqtni unumli oʻtkazish uchun bir-biridan zavqli milliy oʻyinlarni tashkil etdi. Sumalak saylining jajji mehmonlari varrak uchirishda, kompaniyamiz yigitlari shaxmat-shashkada, goʻzal xodimalarimiz esa raqsda bellashishdi. Oʻlanlar, laparlar aytildi. Bir insonga qirq hunar ham oz degan naqlga amal qilganlar doirayu rubobda mahoratlarini koʻrsatishdi. Bugun 13-aprel kuni sumalak tayyor boʻlgach, kompaniya rahbariyati   jamoa bilan bir dasturxon atrofida yigʻildi. Osh tarqatildi. Qurʼon tilovat qilinib,  kompaniya rivojiga hissa qoʻshgan,  oʻzidan iz qoldirib ketgan ustozlar, xodimlar bir-bir yodga olindi. Bunday bayramlar, tadbirlar jamoani yanada birlashtiradi, hamjihatlikda ishlashga, bir-birini qoʻllab-quvvatlashga oʻrgatadi. Bu bayram ham xodimlar qalbiga unutilmas shirin xotiralarni muhrlab qoʻydi. 

  • 13 Aprel, 17:04
  • Batafsil
not found

Shifoxonalar ichidagi dorixona farmatsevtlari maoshini ko‘tarishni talab qilmoqda

Rossiyaning 74 viloyatidan tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 700 nafardan ortiq farmatsevt va provizorlar hukumat va mutasaddi idoralar rahbarlariga ularning mehnat sharoitlari, xususan, ish haqiningpastligiga e’tibor qaratishni so‘rab murojaat qildi.Farmatsevtlarning so‘zlariga ko‘ra, oliy ma’lumotli va zimmasida katta mas’uliyat bo‘lishiga qaramay, ularning maqomi kichik tibbiyot xodimlarinikiga teng. Bundan tashqari, ular shifokorlarniki kabi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imtiyozlariga ega emaslar.Roszdravnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda butun mamlakat bo‘ylab uch mingga yaqin shifoxona dorixonalari ishlagan. Ularning xodimlari keng ko‘lamli vazifalarni bajaradilar. Xususan, tashkilotlarning dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, arizalar yozish, da’volar bilan ishlash, soliq va boshqa bo‘limlarga hisobot berish, shifokorning retseptlarini tuzatish, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirini qayd etish, giyohvandlik vositalari va psixotrop dorilarning muomalasi uchun javobgarlik, hattoki ommaviy ishlab chiqarilmaydigan dori vositalarini ishlab chiqarish - bu ularning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati.Ushbu to‘plam vazifa uchun kasalxona dorixonalari xodimlariga oyiga o‘rtacha 45 ming rubl (483 dollar atrofida) maosh beriladi.Rossiya prezidenti farmoyishi bilan 1- apreldan viloyatlardagi barcha tibbiyot xodimlarining ish haqi 50 foizgacha oshirilishi kerak, ammo bu farmatsevtika xodimlariga taalluqli emas.Murojaat mualliflari “ish haqi va ijtimoiy imtiyozlar bo‘yicha yuzaga kelgan tafovutni bartaraf etish” maqsadida tibbiyot tashkilotidagi farmatsevtika xodimlarining huquq va imtiyozlarini tibbiyot xodimlariga tenglashtirishni so‘rashmoqda.

  • 13 Aprel, 14:47
  • Batafsil
not found

Oʼzbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasi taqiqlanishi mumkin

“Аyrim qonun hujjatlariga tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari, elektron sigaretalar hamda tamakini qizdirish tizimlarini, shu jumladan ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining muomalasini taqiqlash va javobgarlik belgilash boʼyicha oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonun loyihasi eʼlon qilindi.  Tahlillarga koʼra, elektron sigaretalarni chekuvchi oʼsmirlar va yoshlar salmogʼi katta yoshdagilarga nisbatan uch barobar koʼp. Hujjatda aytilishicha, maktablarning yuqori sinf oʼquvchilari orasida elektron sigaretalarga qiziqish tez surʼatlarda ortmoqda, xususan, 26,6 ming oʼgʼil bolalar va 8,6 ming qiz bolalar chekishga moyil; Maktab va jamoat joylarida oʼtkazilgan reydlarda oʼquvchilardan olingan elektron sigaretalar soni yildan-yilga tobora oshib bormoqda. 2019 yilda 6 ta holat, 2020 yilda - 27 ta, 2021 yilda - 31 ta, 2022 yilda - 856 ta, 2023 yilda – 1040 ta aniqlangan. 18-29 yoshdagi aholi orasida tamakini qizdirish tizimidan foydalanish darajasi (252 ming nafar) 30-69 yoshdagi aholiga (94,2 ming nafar) nisbatan 2,5 baravardan koʼp. Аgar zarur choralar koʼrilmasa, kelgusida yosh avlodning har beshinchisi (20 foiz) nikotinga qaramlikdan aziyat chekadi. Shu munosabat bilan: - birinchidan, Oʼzbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasini taqiqlash;- ikkinchidan, ushbu mahsulotlar muomalasini taqiqlash bilan bogʼliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanishi mumkin. Oʼzbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasini taqiqlash maqsadida loyihada qator jihatlar nazarda tutilmoqda. “Аlkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʼgʼrisida”gi qonunga tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari, elektron sigaretalar hamda tamakini qizdirish tizimlarini, shu jumladan ayrim turdagi tamaki mahsulotlarini mamlakatga olib kirish, Oʼzbekiston hududi orqali tranzit qilish hamda Oʼzbekiston hududida ishlab chiqarish, realizatsiya qilishni taqiqlovchi taalluqli oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritilmoqda. Muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish, realizatsiya qilish, shuningdek Oʼzbekiston hududiga olib kirish va Oʼzbekiston hududidan olib chiqish, shuningdek Oʼzbekiston hududi orqali tranzit qilish, shunday harakatlarni sodir etgan aybdor shaxslarni maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi normalar Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksga, Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda. Shu bilan bogʼliq jinoyat ishlarini yuritish tartibini belgilash maqsadida Jinoyat-protsessual kodeksga mos ravishda oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritilmoqda.

  • 13 Aprel, 11:54
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech