Yangiliklar

not found

Farmatsevtika sohasida zarur amaliyotlar standarti talablarini joriy etish holati

2024 yil 1 yanvarga qadar GxP davlat standarti joriy etilmagan tarmoq tadbirkorlik subyektlariga farmatsevtika faoliyati uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi toʼxtatib qoʼyiladi yoki bekor qilinadi. Bu haqda АOKАda oʼtkazilgan brifingda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Toʼlaganova maʼlum qildi. Prezidentning tegishli Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 apreldan farmatsevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)", "Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)" va "Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)" talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi belgilangan. "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti - GMP" talablariga muvofiqligi boʼyicha oʼrganishlar oʼtkazish talab etilmaydigan dori vositalari roʼyxatida belgilangan dori vositalaridan tashqari barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida hamda joyiga chiqqan holda ishlab chiqarish sharoitlarining "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP" talablariga muvofiqligi oʼrganilganidan soʼng Oʼzbekiston Respublikasida davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi. Bugungi kunda respublikada dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar soni 82 tani tashkil etib, ularning 40 tasida, jami 147 ta ishlab chiqarish liniyalarida “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti - GMP” “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat standarti talablari joriy qilingan. Farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʼullanuvchi 600 ga yaqin mahalliy korxonalar mavjud boʼlib, ularning 117 tasida “Zarur distribyutorlik amaliyoti - GDP” Oʼzbekiston Respublikasi Davlat standarti talablari joriy qilingan. Klinik oldi tadqiqotlar oʼtkazuvchi laboratoriyalar soni 6 tani tashkil etib, ulardan 1 tasida “Zarur laboratoriya amaliyoti - GLP” sertifikati mavjud. Klinik tadqiqotlar oʼtkazuvchi klinik bazalar soni 88 ta, farmatsevtika mahsulotlarini chakana realizatsiya qiluvchi dorixonalar soni 16 mingga yaqin boʼlib ularning birortasi ham “Zarur klinika amaliyoti - GCP” va “Zarur dorixona amaliyoti – GPP” sertifikatlarini olmagan. 2024 yil 1 yanvarga qadar GxP davlat standarti joriy etilmagan taqdirda, mazkur holat litsenziya talab va shartlari buzilishi hisoblanib, farmatsevtika faoliyati uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʼxtatib qoʼyish yoki bekor qilish uchun asos boʼladi. Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi farmatsevtika tarmogʼi va respublika sogʼliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarida GxP talablarini joriy etish va modernizatsiya ishlarini olib borish boʼyicha loyihalarni ishlab chiqish hamda oʼrnatilgan muddatlar ichida amalga oshirishga chaqirib qoladi va bu masalada amaliy yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi.

  • 12 Oktyabr, 15:01
  • Batafsil
not found

Reuters: Док-1 Мах сироп ишлаб чиқарувчиси Ҳиндистонда фаолиятини қайта тиклади

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штати маъмурлари Док-1 Мах йўтал сиропларини ишлаб чиқарадиган Марион Биотеч заводида ишлаб чиқаришнинг катта қисмини қайта тиклашга рухсат берди. Бу ҳақда Реутерс хабар бермоқда. Корхонада ишлаб чиқарилган бошқа дори воситаларининг сифатсиз ишлаб чиқарилиши билан боғлиқ бирорта ҳам ҳолат қайд этилмаган, дея хабар беради Гиёҳванд моддаларни назорат қилиш давлат агентлиги. Компаниянинг мурожаати қисман қаноатлантирилиб, пропиленгликолдан фойдаланган ҳолда маҳсулот ишлаб чиқаришга берилган рухсатнома бекор қилинди. Компанияга бошқа барча маҳсулотларни ишлаб чиқариш ва сотишга рухсат берилган. Марион заводи Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш вазирлиги компания томонидан ишлаб чиқарилган иккита йўтал сиропи – Амбронол ва Док-1 Махнинг 2022 йилда таҳлилини ўтказгач, март ойида ёпилган эди.Пропиленгликол ўрнига бошқа иккита арзонроқ моддалар ишлатилган. 2021 йилда пропиленгликол нархи кескин ошгани сабабли, бир ёки бир нечта этказиб берувчилар арзон ва заҳарли суюқликни қонуний кимёвий моддалар билан аралаштиришганлиги маълум бўлган эди. Сифатсиз сироплар тарқатувчилар мажбурий текширув ўтказмаслик учун мансабдор шахсларга 33 минг доллар пора берган. Док-1 Мах Ўзбекистонда 65 боланинг ўлимига сабаб бўлган. Болалар ўлими юзасидан 21 нафар фуқарога нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

  • 12 Oktyabr, 12:06
  • Batafsil
not found

Jarroh TikTokdagi sahifasi tufayli litsenziyasidan ayrildi

U ijtimoiy tarmoqlarda Dr.Roxy taxallusi ostida TikTokda operatsiyalarni jonli translyatsiya qilgani uchun mashhur boʻldi. Ammo plastik jarroh doktor Grav oxir-oqibat tibbiy litsenziyasidan mahrum boʻldi. Shu yilning yozida Ogayo shtati Tibbiyot kengashi Ketrin Roksan Gravni tibbiy standartlarga javob bermagani uchun ikki marta tanbeh berib, litsenziyasini butunlay bekor qildi. Komissiya, shuningdek, tibbiy muolajalarni jonli efirga uzatish orqali Grav oʻz bemorlarini hayotini xavf ostiga qoʻyganini aniqladi. TikTokda 825 ming obunachiga ega boʻlgan jarroh nafaqat oʻz muolajalarini jonli efirga uzatdi, balki operatsiyalar davomida kamera orqali tomoshabinlar bilan suhbatlashdi va ularning savollariga javob berdi. Bunday holatlardan birida Grav liposaksiya, brazilcha beldan pastki qismini koʻtarish va terini taranglashtirish amaliyotini bajarayotgani jonli efirga uzatildi. Ushbu "efir" dan bir hafta oʻtmay, uning hamshirasi bu bemorni tez yordam boʻlimiga yuborishga majbur boʻldi, chunki bemorda qorin boʻshligʻida havo yigʻilganligi va jigar ensefalopatiyasi aniqlangan. Keyinchalik jarrohlar unda ichak teshilishi va jiddiy bakterial infeksiya borligini aniqladilar. Natijada, ayol oʻlik toʻqimalarni olib tashlash, qorin boʻshligʻi operatsiyasi va terini payvandlash operatsiyalarini oʻtkazish uchun bir nechta protseduralarni oʻtkazishga majbur boʻldi. Uzoq davom etgan tekshiruvlardan soʻng tibbiy komissiya bemorlarning hayotini oʻzgartirgan "beparvolik" tufayli Grav litsenziyasini bekor qilishni tavsiya qildi. Gravening soʻzlariga koʻra, u oʻqituvchilikdan zavqlangani va “tibbiyotdan tashqaridagi odamlarga kosmetik jarrohlik haqida tushuncha berishni” hohlagani uchun oʻz videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Aksariyat shifokorlar ijtimoiy tarmoqlardan Gravga oʻxshab nomaqbul tarzda foydalanmasalar-da, X (sobiq Twitter) dan Facebook, Instagram va TikTokgacha boʻlgan platformalardagi muhokamalarda qatnashish shifokorlar uchun xavfli ishdir. Medscape ning yangi hisoboti shuni koʻrsatadiki, shifokorlar doimo oʻz hamkasblari tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan noprofessional va etika qoidalariga rioya qilmasdan foydalanayotganiga guvoh boʻlishadi.

  • 12 Oktyabr, 09:01
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech