15:05 (26.10.2023)
1515
Bugungi kunda Oʼzbekiston farmatsevtik bozorida dori vositalarini ulgurji realizatsiyasi bilan shugʼullanish huquqiga ega 600 ga yaqin tashkilotlar boʼlib, ulardan biri 100 yildan buyon xalq salomatligini asrash, aholiga sifatli va maqbul narxlardagi dori vositalarini yetkazib berish yoʼlida xizmat qilib kelayotgan, ulgurji va chakana savdo bilan shugʼullanuvchi “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi.
Kompaniya tarkibida 7 ta aktsiyadorlik va 13 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, 17 ta ulgurji ombor, 1747 ta ijtimoiy dorixona va dorixona shaxobchalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu dorixonalarning 1143 tasi yoki 65 foizi qishloq hududlarida joylashgan.
"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi 100 dan ortiq mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, kompaniya joriy yilning 2-choragida Germaniya, Vengriya, Rossiya, Hindiston, Ukraina, davlatlari bilan dori vositalari sotib olish boʼyicha sharnomalar tuzdi.
Noyabr oyida kompaniyaga qariyib 2 500 000 АQSh dollarlik import dori vositalari kelishi kutilmoqda.