Yangiliklar

not found

Suv xoʼjaligi va farmatsevtika sanoatidagi loyihalar koʼrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 18 aprelь kuni suv xoʼjaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʼilish oʼtkazdi. Yigʼilishda farmatsevtika tarmogʼida soʼnggi olti yilda jami 527 million dollarlik 177 ta loyiha ishga tushirilganligi qayd etildi. Xorijiy investitsiyalar 9 barobarga ortib, 35 ta korxona xalqaro GMP standartini joriy etgan. Natijada ishlab chiqarish 3 barobarga, eksport 5 barobarga oshgan. Lekin mahsulotlar bozorini topish, sifat va raqobat borasida masalalar koʼpligi sababli oʼtgan yili ishlab chiqarish hajmi biroz kamaygan. Import esa oshgan. Shu bois yigʼilishda farmatsevtika sohasida qoʼshimcha loyihalar ishlab chiqish hamda korxonalarni qoʼllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, tarmoqda umumiy qiymati 725 million dollarlik 207 ta loyihani amalga oshirish, shundan 68 tasini bu yil ishga tushirish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari tadbirkorlarga kredit yukini yengillashtirish zarurligini taʼkidladi. Shuning uchun Аsaka bank loyihalarning 25 foizgacha qismiga oʼz ulushi bilan kirib, investor sifatida ishtirok etishi belgilandi. Mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish va aylanma mablagʼ bilan taʼminlashga 300 million dollar uzoq muddatli kredit resurslari jalb qilinadi. Bank huzurida farmatsevtika loyihalari markazi ochilib, tadbirkorlarga yordam koʼrsatadi. Kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni qoʼllab-quvvatlash hisobiga, 400 turdagi yangi mahsulotlarni oʼzlashtirish va 670 million dollarlik import oʼrnini qoplash mumkinligi aytildi. Buning uchun korxonalarga 18 oygacha muddatda 1 million dollargacha “revolver” kredit, eksportchilarga tushum sugʼurtasini garovga olgan holda 2 million dollargacha kredit beriladi. Onkologiya va onkogematologiya uchun zarur boʼlgan dori vositalari va moddalarni xorij texnologiyasi asosida yurtimizda ishlab chiqarish imkoniyati koʼrsatib oʼtildi. Sohadagi koʼplab korxonalarni GMP sertifikati talablariga moslashtirish vazifasi qoʼyildi. Toshkent farmatsevtika klasteridagi loyihalarni jadallashtirish boʼyicha topshiriqlar berildi.

  • 19 Aprel, 11:34
  • Batafsil
not found

Oʼzbekiston yangi global platforma doirasida bolalar saratoniga qarshi dori vositalarini oladi

Oʼzbekiston yangi global platforma doirasida bolalar saratoniga qarshi dori vositalarini oladigan birinchi olti davlatdan biriga aylanadi, deb xabar berdi Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining (JSST) Toshkentdagi vakolatxonasi. 12–13 aprelь kunlari АQShning Memfis shahrida saraton kasalligiga chalingan bolalarni dori-darmon bilan taʼminlash boʼyicha global platformani ishga tushirishga tayyorgarlik koʼrish masalasiga bagʼishlangan forum boʼlib oʼtdi va unda Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Dori vositalari bilan taʼminlash boʼyicha global platforma 2027 yilgacha 50 ta past va oʼrta daromadli mamlakatlarda taxminan 120 000 bolani moliyaviy qiyinchiliklarsiz saratonga qarshi, xavfsiz, samarali va sifatli dori-darmonlar bilan taʼminlashga yordam berishga qaratilgan. Forum dori vositalarini muvaffaqiyatli yetkazib berish va platformani ishga tushirishga tayyorgarlik koʼrishda yetakchilik va yondashuv tamoyillarini aniqlash boʼyicha birgalikda ish olib borish uchun turli mamlakatlardan, bolalarda uchraydigan saraton kasalliklarini davolash uchun dori vositalaridan foydalanish imkoniyati masalasiga jalb qilingan tashkilotlar va keng ekspertlar doirasidan iborat hamkorlarni birlashtirdi. Forum bolalarda uchraydigan saraton kasalliklariga qarshi dori vositalaridan foydalanish bilan bogʼliq ehtiyojlarni qondirish uchun ilgʼor tajriba va strategiyalar almashinuviga yordam berdi. Bu ishtirokchilarga platforma jarayonlarini, uning tajriba bosqichida va undan keyingi davrda amalga oshirilishini optimallashtirish uchun birgalikda ishlab chiqish imkonini beradi. Bugungi kunga kelib, platformada ushbu bosqichda taqdim etiladigan dori vositalarining toʼliq roʼyxati belgilandi. Dunyoning olti davlati, jumladan, Oʼzbekiston birinchi bosqichda bolalar saratoniga qarshi asosiy dori vositalarini oladi. Ushbu dori-darmonlar topshirilishi platformaning 2023 yil sentyabrь oyida (shartli ravishda) rasmiy ishga tushirilishiga toʼgʼri keladi. Oʼzbekiston bolalar saratoni boʼyicha global tashabbus boʼyicha birgalikda ish olib borish va Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda, shuningdek, mamlakat siyosiy rahbariyati tomonidan bolalar saratoniga qarshi kurashga eʼtibor qaratilishida muvaffaqiyatlarini namoyish etgan dastlabki olti davlatdan biri sifatida tanlangan.

  • 19 Aprel, 08:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech