Yangiliklar

not found

Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida milliy mahsulotlar koʻrgazmasi oʻtkazildi

 Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur milliy koʻrgazmaga Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova tashrif buyurdi. Koʻrgazma “Vitebsk” konsert zalida oʻtkazildi. Unda mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, axborot texnologiyalari, turizm va hunarmandchilik kabi sohalarda ishlab chiqarilgan turli xil mahsulot va xizmatlar keng  namoyish etildi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi ham mazkur koʻrsazmada ishtirok etib, oʻz xizmatlarini taklif qildi.  Koʻrgazma doirasida “Ekzon” Belorus farmatsevtik kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.  “Ekzon” dori vositalari, biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, “Made in Uzbekistan” brendi ostida taqdim etilgan mahsulotlar O‘zbekistonda mahalliy xomashyo asosida, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular sifat va eksportboplik jihatidan xalqaro talablarga to‘la javob beradi. Shu bilan birga, ko‘rgazmada Belarus Respublikasining milliy mahsulotlari ham namoyish qilindi. Bu ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida o‘zaro o‘rganish, tajriba almashish va yangi hamkorlik loyihalarini muhokama qilish uchun qulay muhit yaratdi. Shuningdek, koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston va Belarus tadbirkorlari oʻrtasida “B2B” muloqotlar, mahsulot taqdimotlari va savdo uchrashuvlari tashkil etildi.

  • 3 Sentyabr, 18:00
  • Batafsil
not found

Kako mahsulotining hayratlanarli foydasi aniqlandi

Garvard tibbiyot maktabi va Brigam ayollar shifoxonasi olimlari olib borgan tadqiqotlarga koʼra, kako ekstrakti qoʼshimchalarini uzoq muddat davomida qabul qilish umumiy gipertoniya rivojlanish xavfini kamaytirmaydi, biroq u qon bosimi meʼyorda boʼlgan insonlarda bu holatning oldini olishda samarali boʼlishi mumkin. Tadqiqot natijalari Hypertension jurnalida eʼlon qilindi. Tadqiqotda 21 442 nafar keksalar — 65 yoshdan katta ayollar va 60 yoshdan katta erkaklar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tasodifiy tarzda ikki guruhga ajratildi: bir guruhga kako ekstrakti va mulьtivitamin qoʼshimchasi berilgan boʼlsa, ikkinchi guruh platsebo qabul qildi. Kako ekstraktining gipertoniya rivojlanish xavfiga taʼsirini aniqroq baholash maqsadida tadqiqot boshlanishida qon bosimi oshmagan 8 905 nafar ishtirokchidan iborat alohida guruh ham tahlil qilindi. Kuzatuvning oʼrtacha davri 3,4 yilni tashkil etdi. Ushbu muddat davomida ikki guruh oʼrtasida sezilarli farqlar topilmadi: bir xil chastotada gipertoniya holatlari rivojlandi. Biroq kichik guruhlarni tahlil qilganda,, asosiy sistolik bosim 120 mm Hg dan past boʼlgan odamlarda kakao qoʼshimchasi gipertoniya rivojlanish xavfini 24 foizga kamaytirgan. Bu ijobiy taʼsir, asosan, qoʼshimcha qabul qilinganining ikkinchi yili oxiriga kelib namoyon boʼlgan. Shu tariqa, tadqiqot mualliflari kakao flavanollari mavjud qon bosimini pasaytirishdan koʼra, qon tomirlar sogʼlomligini saqlash va qon bosimining erta bosqichda oshishining oldini olishda samarali ekanini qayd etishdi. Kakao tarkibida antioksidantlarga qoʼshimcha ravishda magniy, sink, fosfor va kaliy kabi organizm uchun muhim boʼlgan moddalarga ham boy. Shuning uchun u kayfiyatni yaxshilash va umumiy ahvolni barqarorlashtirishga yordam beradi. Ushbu ichimlik ayniqsa sovuq fasllarda foydali hisoblanadi, chunki u virusli kasalliklar va organizmdagi yalligʼlanish jarayonlariga qarshi kurashish qobiliyatiga ega.

  • 3 Sentyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

III Oʼzbekiston–Belarus ayollar biznes-forumi

Joriy yilning 2-3-sentyabr kunlari Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi hamkorligida III Oʻzbekiston–Belarus ayollar biznes-forumi oʻtkazilmoqda. Mazkur forum ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Senat Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi vakillari ham mazkur yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda. "Dori-Darmon" AK Belarus farmkompaniyalari bilan tanishish va hamkorlik shartnomalarini imzolashni rejalashtirgan. "Oʻzbekiston-Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida"  mavzusida oʻtkazilayotgan biznes-forumda “Oʻzbekiston – Belarus: taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari” mavzusida boʻlib oʻtgan seksiya majlisida ikki mamlakat hokimiyat organlari, universitetlari, ilmiy va tibbiyot markazlari vakillari ishtirok etdi. Yigʻilish davomida universitetlarning oʻzaro hamkorligi, texnologik rivojlanishda ilm-fanning oʻrni, farmatsevtika sanoatining istiqbollari, onalar va bolalar salomatligi, shuningdek, tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalari diqqat markazida boʻldi. Seksiya majlisida "Dori-Darmon" AK tijorat direktori R. Abdulov "Reimbursatsiya dasturlarini ishlab chiqish: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro istiqbollarʻ mavzusida maʼruza qildi. Kompaniya misolida raimbursatsiya dasturining ahamiyati, sohaga berilayotgan keng imkoniyatlar,  aholini sifatli dori-vositalari bilan taʼminlashda mazkur dasturning oʻrni haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Taʼkidlash kerakki, forum doirasida ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish, yangi hamkorlar izlash, istiqbolli loyihalarni ilgari surish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega boʻladi.

  • 2 Sentyabr, 19:40
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech