Yangiliklar

not found

Gripp mavsumi: JSST kasallikdan himoyalanish uchun 5 ta muhim tavsiya berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ko‘hna qit’a va Markaziy Osiyoning 53 mamlakatida mavsumiy grippdan yiliga 72 mingga yaqin kishi vafot etayotganini ma’lum qildi. “Ushbu o‘lim holatlarining aksariyatini oldini olish mumkin, — deydi u. — Buning uchun, eng avvalo, aholining immuniteti zaif qatlami xastalikka qarshi vaksinalar bilan “himoyalanishi” kerak”. Qayd etilganidek, kuz-qish mavsumida gripp va koronavirusga chalinish xavfi ortadi. Ushbu kasalliklar katta yoshli kishilar, homilador ayollar va immuniteti zaif hamda surunkali kasalliklari bor odamlarda og‘ir asoratlar bilan o‘tishi mumkin. Shu bois mazkur xavf guruhiga mansub qatlam bu davrda o‘z sog‘ligiga yanada e’tiborli bo‘lishlari lozim. Buning uchun JSST 5 ta eng asosiy ehtiyot chorasiga amal qilishni tavsiya qiladi. » Emlanish — mavsumiy respirator infeksiyalardan himoyalanishning eng maqbul yo‘li. » Gripp, O‘RVI, SOVID-19ga chalinganlar shifokorga murojaat qilishlari va imkon qadar uyda qolib davolanishlari zarur. » Jamoat joylarida niqob taqish — sizni xastalikni yuqtirishdan asraydi. » Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib, qo‘llarning tozaligiga rioya qilish muhim. » Xonalarni tez-tez shamollatib turish tavsiya etiladi. Bu viruslarning ko‘payishi va keng tarqalishiga to‘siq bo‘ladi. Doktor Xans Klyugening ta’kidlashicha, ana shunday holatlarni inobatga olib, bu yil JSST tomonidan “Sizga qanday xavf tahdid solayotganini o‘zingizdan ko‘ra hech kim yaxshiroq bilmaydi” shiori ostida targ‘ibot kampaniyasi e’lon qilindi.

  • 10 Oktyabr, 12:00
  • Batafsil
not found

Reimbursatsiya tizimida ishtirok etadigan dorixonalarning qanday majburiyati bor?

Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi Nizomga ko`ra, reimbursatsiya tizimida ishtirok etadigan dorixonalarga mazkur dastur asosida beriladigan dori vositalarining doimiy mavjud bo‘lishini kafolatlash va chakana savdo tarmoqlarida uzluksiz mavjudligini ta’minlash mas’uliyati yuklatiladi. Bunda dorixona dori vositalarining yetkazib berilishidagi uzilish holatlari to‘g‘risida Jamg‘armani yetti kun avval xabardor qilishi lozim. Jamg‘arma bilan tuzilgan shartnomaga asosan dorixona axborot tizimiga ulanadi va 5 ish kuni ichida reimbursatsiya tizimida ishtirok etuvchi o‘z filiallari hamda axborot dasturida ishlashga ruxsat berilgan xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotni Jamg‘armaga taqdim etadi. Reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari bo‘yicha dorixonalarning xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma tomonidan cheklangan qoplash qiymati doirasida qoplab beriladi. Dorixona tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari uchun bemordan to‘lov olinganligi hamda reimbursatsiya dasturi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlanganda Jamg‘arma: birinchi marotaba — ogohlantirish berish; ikkinchi marotaba — bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilgan holda dorixonani reimbursatsiya dasturidan chiqarish huquqiga ega. Bunda reimbursatsiya dasturidan chiqarilgan dorixona xodimlarining axborot dasturiga kirishi to‘xtatiladi va xabarnoma berilgan kundan keyin berilgan dori vositalari uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.

  • 10 Oktyabr, 08:50
  • Batafsil
not found

Marburg gemorragik isitmasini oldini olish chora-tadbirlari ko`rilmoqda

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasini qayd etgani sabab Oʻzbekistonda ham kasallikni oldini olish choralarini kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya epidemiologiya qoʻmitasi xabar berdi. Joriy yilning 28-sentyabr holatiga koʻra, Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan kasallanish holati roʻyxatga olingan va shundan 6 ta holatda oʻlim qayd etilgan. JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda. Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning koʻplab mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan. Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida: Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash; gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini koʻrish, qoʻshimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan toʻliq foydalanish; gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqotda boʻlmaslik; kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisi va kasallikni oldini olish va profilaktikasi boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish; kasallikni nazorat qilishda xavfsiz ineksiya usullarini qoʻllash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yoʻq qilish; infeksiya boʻyicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari  tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. “Shu oʻrinda fuqarolarimizga jiddiy xavotirga oʻrin yoʻqligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

  • 9 Oktyabr, 11:47
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech