Yangiliklar

not found

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligida Bolgariyaning “Integra DD” MChJ korxonasi taʼsischisi bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 25 aprel kuni Аgentlik binosida Bolgariyaning “Integra DD” MChJ korxonasi taʼsischisi bolgariyalik Janob Mandjukov Ivaylo va Bolgariya Respublikasida Oʼzbekiston Respublikasining faxriy konsuli, bosh direktor Mandjukov Ivaylo Petrov bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv avvalida Janob Mandjukov Ivaylo 2016 yildan buyon Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan “Integra DD” qoʼshma korxonasi loyihasining joriy holati haqida gapirib oʼtdi. Soʼngra Oʼzbekiston bilan qoʼshma korxonaning “Integra DD” loyihasi taqdimotini qildi. Shuningdek, Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan qoʼshma korxona GMP sertifikatini, litsenziyani oʼz vaqtida taqdim etilgani va bugungi kunda barcha talablarga rioya qilgan holda oʼz faoliyatini davom ettirayotganini bildirdi. Maʼlumot uchun: "Integra DD" 2013 yilda Samarqand shahrida oʼz faoliyatini boshlagan, inʼektsion eritmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2021 yilda «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP» sertifikatini oldi. Faol investitsiya dasturi doirasida korxonaga 2021 yilda xorijiy investorlar mablagʼlari jalb etilib, “Integra DD” Oʼzbekiston-Bolgariya qoʼshma korxonasiga aylantirildi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 60 million dona ampulani tashkil etadi. Shuningdek, uchrashuv davomida Janob Mandjukov Ivaylo Sofiyada Oʼzbekistonning faxriy konsulligining ochilishi mamlakatlar oʼrtasidagi uzoq muddatli siyosiy va iqtisodiy jihatdan ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun qilinayotgan harakatlarini aytib oʼtib, Oʼzbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. Uchrashuv yakuni boʼyicha tomonlar kelgusida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanishiga kelishib olindi.

  • 26 Aprel, 17:13
  • Batafsil
not found

JSST: Emlash yarim asr davomida 150 milliondan ortiq odamning hayotini saqlab qoldi

Tashkilot tadqiqotlariga koʼra, hayoti qutqarib qolinganlarning katta qismi – 101 millioni chaqaloqlar hisoblanadi. 50 yil davomida emlash taxminan 154 million kishining hayotini saqlab qoldi. Bu dunyoda chaqaloqlar oʼlimining 40 foizga qisqarishiga yordam berdi, deb yozadi «TАSS» Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tadqiqotiga tayanib. Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, emlash har qanday tibbiy aralashuvning bolalarning nafaqat birinchi tugʼilgan kunini koʼrishi, balki kattalar kabi sogʼlom hayot kechirishini taʼminlashga qaratilgan eng katta hissasidir. Qizamiqga qarshi emlash bolalar oʼlimini kamaytirishga eng katta taʼsir koʼrsatdi. Bu emlash orqali saqlanib qolgan hayotlarning 60% ni tashkil qiladi. Soʼnggi 50 yil ichida difteriya, gepatit B, qizamiq, koʼk yoʼtal va poliomielit kabi 14 ta kasallikka qarshi emlash butun dunyo boʼylab chaqaloqlar oʼlimini 40 foizga, Аfrika mintaqasida esa 50 foizdan koʼproqqa kamaytirishga bevosita hissa qoʼshdi. JSSTning taʼkidlashicha, poliomielitga qarshi emlash tufayli, aks holda falaj boʼlib qoladigan 20 milliondan ortiq odam endi yurishi mumkin va dunyo poliomielitni butunlay yoʼq qilish arafasida. 1974 yildan beri hayoti saqlab qolingan taxminan 154 mln. kishidan 94 millionga yaqini qizamiqga qarshi vaktsinalar bilan himoyalanish natijasi hisoblanadi. Aholini qizamiq epidemiyasidan himoya qilish uchun 95% qamrab olish kerak. Hozirgi vaqtda vaktsinaning birinchi dozasi uchun global qamrov darajasi 83%, ikkinchi dozasi bilan esa qamrov 74% ni tashkil qiladi. “Doimiy tadqiqot, sarmoya va hamkorlik bilan biz bugun va keyingi 50 yil ichida millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin”, deydi JSST Bosh direktori.

  • 26 Aprel, 14:51
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech