Sogʼliqni saqlash sohasiga 9 oyda 22 689,5 milliard soʼm byudjet mablagʼlari ajratilgan
Sogʼliqni saqlash sohasi eng muhim tarmoqlardan biri, inson salomatligini mustahkamlash esa dolzarb masalalardan sanaladi. Shu yil 9 oy davomida sogʼliqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan 22 689,5 milliard soʼm yoki oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 3 758,7 milliard soʼmga koʼp mablagʼlar ajratilgan.
Sogʼliqni saqlash tizimi xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni hamda ish haqiga ajratmalarni moliyalashtirishga esa 15 466,7 milliard soʼm yoʼnaltirilgan.
“Elektron sogʼliqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi majmuasini yaratish xarajatlarini moliyalashtirish uchun esa 2023 yilning 9 oyida 4,4 milliard soʼm sarflangan.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Аdolat” SDP fraktsiyasining yigʼilishida qayd etildi. Unda deputatlar Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʼarmalari byudjetlarining 2023 yil toʼqqiz oyidagi ijrosini qizgʼin muhokama qildi.
- 13 Dekabr, 12:00
-
Batafsil